HARBIYLAR VA ÇEGARAOLDI HUDUDI AHOLISI UÇUN KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi töğrisidagi qonuni Davlat çegarasini belgilaş, özgartiriş, himoya qiliş va qöriqlaş sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Uşbu Qonunga amal qilinişini muntazam nazorat qiliş, daxlsizligini saqlaşda Çegara qöşinlarining xizmatlari beqiyosdir.
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 3-Çegarani qöriqlaş vzvodi harbiy xizmatçilari, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlarga ham şunday taʼrif beriş mumkin.
Şunisi eʼtiborliki, vzvod harbiy xizmatçilari, askarlarning öz burçlarini sadoqat bilan ado etişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Xizmatçilar xizmat uylari bilan taʼminlangan, oilalari bilan tinç-xotirjam yaşaşmoqda. Şuningdek, Prezidentimizning 2018-yil 4-avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori asosida harbiy xizmatçilar va ularning oilalari uçun maʼnaviyatni yuksaltiriş, milliy qadriyat va anʼanalarni çuqur örganiş, Vatanga muhabbatni oşirişni tarğib qiluvçi tadbirlar ötkazilib borilmoqda.
Yaqinda uşbu vzvod harbiy xizmatçilari va ularning oila aʼzolari, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan askarlar, çegaraoldi hududida istiqomat qiluvçi aholining madaniy dam olişiga şaroit yaratiş maqsadida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida kontsert taşkil etildi. Kontsertda Davlat xavfsizlik xizmatiga qaraşli Çegara qöşinlari “Sarhad” aşula va raqs ansambli iştirokçilari özlarining ozod va obod Vatan, uning himoyasi har bir harbiy çegaraçi uçun muqaddas burç ekanligini, ona Vatanimizning har bir qariç yerini köz qoraçiğiday asraş lozimligini tarannum etuvçi kuy-qöşiqlarni yuksak mahorat bilan taqdim etdilar. Har bir ijro tomoşabinlar tomonidan olqişlandi.
Aslida mukammal yaratilgan va maromiga yetkazib ijro etilgan har bir kuy-qöşiq dillarga orom, maʼnaviy ozuqa beradi. Lekin vatanparvarlik ruhidagi kuy-qöşiqlar yuraklarga kindik qonimiz tomgan şu aziz tuproqqa mehrimizni, muhabbatimizni oşirgani, uni asraş lozimligini singdirgani bilan juda ahamiyatlidir. “Sarhad” ansambli kontsert dasturi tomoşabinlarda ulkan taassurotlar qoldirdi, kunni-kun, tunni-tun demay çegaralarimizni sobit turib himoya qilayotgan, tinç-osoyişta hayot keçirişimizni taʼminlayotgan çegaraçi harbiylarga hurmat-ehtirom hissini yuksaltirdi.
Fazliddin MAHAMADIYeV, 3-Çegarani qöriqlaş vzodi xizmatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶