25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:20
Jamiyat 👁 329

Xotira: DILKASh DOʻST VA DILBAR ShOIRA EDI

Xotira: DILKASh DOʻST VA DILBAR ShOIRA EDI

Xalqimiz orasida “taqdiri azal” degan ibora juda koʻp ishlatiladi. Inson taqdiri Allohning irodasi bilan yaralib, qayerga rizq-nasibasi sochilgan boʻlsa, oʻsha yerda unib-oʻsishi ham balki ana shu “taqdiri azal”dandir... Alloh irodasi bilan bitilgan bu taqdir yozigʻini oʻzgartirishning imkoni boʻlmagani uchun insonni hayot yoʻllari oʻzi oʻylamagan soʻqmoqlar tomon yetaklab ketishi ham shundanmikan?..

Alloh rahmat qilsin, Inobatxon Otajonova oʻzi hayotligida bu haqda juda koʻp gapirardilar: “agar mening taqdirimni ulugʻ Egam amudaryolik inson bilan bogʻlamaganida yetti iqlimga dongʻi ketgan Samarqandday azim goʻshadan Mangʻit elga kelarmidim, meni bu yurtga muhabbat soʻqmoqlari yetaklab keldi”, - derdilar doim.

Dilkash, samimiy doʻst, jonkuyar ustoz, oilasida pazanda rafiqa, mehribon ona, adolatli qaynona, nevaralariga parvona buvijon va momojon edilar. U kechagina yonimizda edi, davralarning guli boʻlib sheʼrlar oʻqirdi. Shogirdlariga kuyunchaklik bilan ingliz tilini oʻrgatardi. Bemavrid oʻlim uni oramizdan olib ketganini, hatto bilmay ham qoldik. Afsusdamiz, yuragimiz ayriliqdan zabun.

Inobat Otajonova 1964-yil 20-yanvarda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tugʻildi. Umumtaʼlim maktabini, 1987-yilda esa Toshkent Davlat Chet tillar instituti (hozirgi OʻzJTU)ni ingliz-frantsuz tili yoʻnalishi boʻyicha tamomladi. Maʼlum muddat Samarqand viloyatining Chelak tumanidagi maktablarda  oʻquvchilarga ingliz tili fanidan dars berdi. Kirishimli, samimiy boʻlgan Inobatxon Otajonova 1988-yilda Mangʻitga kelin boʻlib tushdi. Qariyb 32-yil davomida tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritdi. Goh yoshlar yetakchisi, goh kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi, laborant, 1997-yilning sentyabr oyidan eʼtiboran 38-sonli maktabda ingliz tili fani oʻqituvchisi vazifalarida faoliyat yuritdi. U qayerda, qaysi vazifani bajarishidan qatʼiy nazar, zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his etgan holda oʻzini kamtarin va samimiy doʻst, kuyunchak ustoz sifatida namoyon qildi.

Hayotdan olgan xulosalarini, orzu-umidlarini sheʼriy satrlarga joyladi. Shoirtabiat, joʻshqin feʼl-atvorli Inobatxon Otajonova ijodkor oʻqituvchi sifatida tuman va respublika matbuoti orqali oʻz muxlislariga ega shoira sifatida tanildi, lirik sheʼrlari “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari sahifalarida, respublika miqyosidagi “Ustozlar” jurnalida chop etilgandi. Amudaryolik ijodkorlarni birlashtirgan “Jayxun ilhomlari” NNTning faol aʼzosi sifatida tumanda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning doimiy ishtirokchisi edi.

Inobatxon Otajonovaning orzulari koʻp edi. U sheʼrlarini toʻplam holida chop qildirish niyatida alohida taraddudlar qilib yurgandi. Afsus, bemavrid oʻlim dilkash va samimiy doʻst, joʻshqin tabiatli shoirani oramizdan ancha erta olib ketdi. Undan Inobatxonni yaxshi koʻrgan, bilgan doʻst-u birodarlari, muxlislari, farzandlari uchun turli xil gazeta nashrlarida chop etilgan dilbar sheʼriyat, goʻzal xotiralar, biri-biridan aqlli, zebo nevaralar, farzandlar qoldi. 38-sonli maktab pedagogika jamoasida oʻz oʻrni, oʻz soʻziga ega fidoyi ustoz, shoira va barchaga birday mehribon inson Inobatxon Otajonovaning yorqin xotirasini  hamisha qalblarida asrovchi barcha hamkasblari nomidan

Raʼno AVAZMURODOVA, 38-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026