Aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligi örganildi
Kommunal tarmoqlarning barqaror faoliyati aholi turmuş sifatini taʼminlaydigan eng muhim omillardan sanaladi. Şu bois davlat tomonidan bu masalaga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Joriy yilgi kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş masalalari böyiça Prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida bu borada amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlaş, Amudaryo tumani aholisini va ijtimoiy soha obʼektlari va köp qavatli uy-joylarning kuz-qiş mavsumini betalofat ötkazişlariga zamin yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpoğiston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi Şerzod Ibragimov boşçiligidagi işçi guruh 24-noyabrda tumanimizda böldi. Bu borada tumandagi mutasaddi taşkilot rahbarlari va mutaxassislarni jalb qilgan holda örganişlar olib borildi.
Aytiş kerakki, Prezidentimiz tomonidan kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda bu yil qiş sovuq kelişi, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bölişi kutilayotganligi tufayli respublikadagi 3 mingdan ziyod taʼmirga muhtoj köp qavatli uyni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, 131 ta ijtimoiy soha obʼektini mukammal va 3 mingtasini joriy taʼmirlaş, tibbiyot va taʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yaxşilaş vazifalari belgilab berildi. Bu yil kuz-qiş mavsumi uçun 6 million tonna kömir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni ğamlaş va yetkazib beriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Kömir narxining asossiz oşirib yuboriş, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini oliş yuzasidan zaruriy körsatmalar berildi. “Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş vazifasi qöyildi.
Mazkur vazifalarni amalga oşiriş maqsadida tumanimizda bölgan işçi guruh dastlab Boğ mahallasidagi xonadonlarga uyma uy kirib, ularning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holatini örgandi. Örganişlar jarayonidan mahalladagi transformator eskiligi sabab xonadonlarda elektr yetişmovçiligi muammosi mavjudligi aniqlanib, hududdagi quvvati 160 kilovolt bölgan transformator kuçlanişi 250 kilovoltli yangi transformatorga almaştirilib, muammo joyida bartaraf qilindi. Mahallada yaşovçi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularga mavsumni betalofat ötkazişlari uçun amaliy yordam beriş maqsadida 3 ta oilaning har biriga 250 kilogrammdan kömir berildi. Qolaversa, mazkur xonadonlarning dudböronlari tozalab berildi. Şuningdek, fuqaro Bozorboy Mendiğaliyevning kam taʼminlanganligi va yaşaş xonadoni taʼmirtalab holatga kelib qolganligi sababli qurib berilayotgan, joriy yil noyabr oyi oxirida foydalanişga topşirilişi közda tutilayotgan yangi imorati hamda şu kunga qadar yaşab kelayotgan xonadoni közdan keçirildi. Bozorboy Mendiğaliyev bilan suhbat çoğida kömirga ehtiyoji borligi aniqlanib, fuqaroning oilasiga yarim tonna kömir berildi.
Şundan söng işçi guruh aʼzolari örganiş işlarini Xizr eli mahallasida davom ettirdilar. Masʼullar hududdagi xonadanlarni örganiş davomida 105 yoşni qarşilagan onaxon Parda Bekniyazova xonadonida böldilar. Mehmonlar onaxon bilan samimiy suhbat qurib, xonadonning mavsumga tayyorgarlik holati közdan keçirildi hamda xonadonga suyultirilgan gaz balloni topşirildi.
Mutasaddilar Qiliçboy ovulida yaşovçi Hamida Polvonovaning xonadonini közdan keçiriş jarayonida mazkur xonadonning ham kömirga ehtiyoji borligi, oila sohibasining salomatligida muammolar borligi, qizi Nilufar Yangiboyevaning bandligini taʼminlaşda amaliy yordam kerakligi kabi muammolar aniqlandi. Uşbu muammolar yuzasidan tumandagi tegişli taşkilotlarga topşiriqlar berildi hamda oilaga yarim tonna kömir mahsuloti berildi.
Şu bilan birga ovuldagi tibbiyot, taʼlim-tarbiya muassasalarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati ham masʼullar eʼtiboridan çetda qolmadi. Ovuldagi 15-sonli umumiy örta taʼlim maktabi, 27-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti hamda 7-sonli qişloq oilaviy poliklinikasining mavsumga tayyorgarligi örganildi. Örganiş jarayonida 15-sonli umumiy örtataʼlim maktabining mavsumga tayyorgarlik holati yaxşi emasligi, isitiş qozonxonasi nosozligi aniqlandi va obʼektning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati böyiça masʼul xodimlariga tegişli körsatmalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶