FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR ÖQUVÇILARNING ÇET TILIGA QIZIQIŞLARINI YaNADA OŞIRDI
Kelajagimiz egalari bölgan yoş avlodning har tomonlama yetuk, barkamol, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar şaxslar bölib yetişişi yölida amalga oşirilayotgan saʼy-harakatlarda ularga taʼlim-tarbiya berayotgan pedagog xodimlarning yetarli bilim va mahoratga ega bölişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu boisdan ham umumiy örta taʼlim muassasalari öqituvçilarining kasb mahoratini tobora oşira boriş, taʼlim-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bölişini taʼminlaş, ularning ijodiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimiz umumiy örta taʼlim muassasalarida öquv yilining har bir oyi maʼlum fanlar oyligi sifatida belgilangani ham fan öqituvçilarining öquvçi-yoşlarga öz fanini qay darajada örgata olganini, dars ötişdagi mahoratini sinovdan ötkazişga xizmat qiladi.
Tumanimizdagi 1-sonli maktabda ham noyabr – çet tillar fan oyligi doirasida öqituvçilar mahoratini, bilimini, öquvçilarning çet tillarni qay darajada özlaştirganliklarini yaqqol namoyon etgan köplab tadbirlar ötkazildi. Avval çet tillar uslub birlaşmasining oylik mobaynida amalga oşiradigan işlarining rejalari işlab çiqilib, maʼqullandi. Rejaga muvofiq har bir öqituvçiga vazifalar topşirildi. Şu asosda qiziqarli öyinlar, savol-javob keçalari, viktorinalar taşkil etilib, oçiq darslar ötkazildi.
Uşbu tadbirlarda maktabning çet tillar uslub birlaşmasi öqituvçilari ham iştirok etişib, öqituvçining mahoratini, öquvçilar diqqatini tadbirga jalb eta olişiga, qiziqtira olişiga xolisona baho berdilar. Interaktiv usulda ötkazilgan har bir tadbirda öquvçilarning faol iştiroki taʼminlandi va çet tillarni mukammal örganişga qiziqişlari oşdi. Xususan, 1-“A” sinfda Iroda Safarboyeva, 9-“A” sinfda Muhabbat Xudoyberganova, 6-“V” sinfda Zivar Otajonova, 6-“A” sinfda Barno Murodova, 7-“V” sinfda Mavluda Usmonova, 10-“B” sinfda Fariza Rajabovalar oçiq dars tarzida taşkillaştirgan öquv maşğulotlarida yangi pedagogik texnologiyalardan, interaktiv öyinlardan foydalanildi va öquvçilarning faolligi oşirildi. Ötkazilgan oçiq darslar öquvçilarga juda manzur böldi. Şuningdek, pedagoglarning hamkasblari, maktab maʼmuriyati tomonidan yaxşi baholandi.
Şuningdek, rus tili fani öqituvçisi Şarifajon Abdolovaning oçiq darsi innovatsion pedtexnologiyalar asosida qiziqarli ötdi. Unda maktab rahbarlari, fan öqituvçilari, öquvçilar ota-onalari vakillari ham iştirok etdilar va öqituvçining kasb mahoratini eʼtirof etdilar. Rus tili fani öqituvçilari Inobat Tojiboyeva, Dilorom Yöldoşeva, Muhabbat Eşimbetova, Matluba Eşimbetova va Nodira Otamurodovalar ham oylik doirasida oçiq dars ötkazdilar.
Tadbir oxirida uslubbirlaşma aʼzolari tomonidan darslarning yutuq va kamçiliklari muhokama etildi. Bu, albatta, kelgusida çet tillarni öqitiş sifati va samarasiga ijobiy taʼsir körsatadi. Eʼtiborli jihati – oylik doirasidagi barça tadbirlar öquvçilar faolligini, çet tillarga bölgan qiziqişlarini oşirdi. Öquvçilarning bilimlari yanada boyitildi va öqituvçilarga ijodiy kötarinki kayfiyat baxş etdi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶