YaNGI TAHRIRDAGI “ODAM SAVDOSIGA QARŞI KURAŞIŞ TÖĞRISIDA”GI QONUN MAZMUNI TUŞUNTIRILDI
Tuman Tibbiyot birlaşmasida yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va bu böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlarni belgilab oliş maqsadida yiğiliş ötkazildi.
Tuman Içki işlar bölimi bilan hamkorlikda ötkazilgan uşbu yiğilişda Odam savdosiga qarşi kuraşni amalga oşiruvçi davlat organlari qatoriga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham qöşilgani, sababi xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş jarayonida zöravonlikka, majburiy mehnat va kamsitişga, mehnat va boşqa huquqlari buzilişga duçor etilgan, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, tirikçilik uçun mablağlarsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinişi yangi tahrirdagi Qonunda qatʼiy belgilangani töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, ularga ijtimoiy yordam körsatiş, odam savdosida jabrlanganlarni işga joylaştiriş tartibi tuşuntirildi.
Undan taşqari, hozirgi vaqtda odam savdosining jirkanç körinişlaridan biri bölgan “çaqaloq savdosi” keyingi paytlarda joylarda köp sodir bölayotgani, bu oğir jinoyatlar qatoriga kirişi haqida ham töxtaldi. Birinçi navbatda uşbu jinoyatning oldini oliş maqsadida yangi tuğilgan çaqaloqlarni tuğilganlik haqidagi guvohnomasi bölmagan taqdirda tuğruqxonadan çiqarmaslik, tuğiş vaqti yetgan homilador ayollar muassasaga kelganidan, uning yaqinlariga bola tuğilgandan söng amalga oşirilişi lozim bölgan huquqiy harakatlar töğrisida keçiktirmasdan tuşuntirişlar beriş çoralarini köriş haqida ham söz yuritildi. Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraş Milliy komissiyasining hududlardagi kiçik komissiyalari tomonidan amalga oşiriladigan hamkorlikdagi işlarning 2021-yil uçun iş-rejasini işlab çiqiş lozimligi ham taʼkidlandi.
Yigiliş davomida tuman Tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli Markaziy poliklinikasi Narkologiya bölimi şifokori B.Çorşamov, tuman IIB HPB profilaktika inspektori Ş.Hamroyevlar sözga çiqib, uşbu yönalişda amalga oşirilişi lozim bölgan işlar töğrisida özining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Yiiğilişda şu hamda boşqa yönalişdagi savollariga atrofliça javoblar berildi.
U.Pölatov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş guruhi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶