25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:21
Jamiyat 👁 110

YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

YoShLAR BILAN UChRAShUV OʻTKAZILDI

Har bir mamlakatning salohiyati, kuch-qudrati yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik bilan oʻlchanadi.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak,  bugungi kunda mamlakatimizda navqiron avlodni ona Vatanimizga sodiq boʻlishdek ezgu  gʻoya va maqsadlar atrofiga birlashtirish, ularni umumbashariy qadriyatlarga hurmat, shu muqaddas ona Vatanimizga muhabbat ruhida tarbiyalash yoʻlida olib borilayotgan saʼy-harakatlar eʼtiborga molikdir. Yoshlar bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib  shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida oʻtkazilayotgan “Yoshlar uchrashuvlari” ham shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shu yilning 12-dekabrida Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan “Yoshlar uchrashuvi”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov va tumandagi korxona, tashkilotlar rahbarlari, ovulning faol 48 nafar yoshlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov ochdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Maʼruzachi oʻz soʻzida shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda mamlakatimizda yoshlarning oʻqib, ilm olishlari, oʻz qobiliyatlarini namoyon  etishlari va ishlashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi. Xususan, ishsiz yoshlar oʻz qiziqishlariga koʻra, oʻz-oʻzini mehnat bilan band qilishi yo biron tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni istasa, qanday yoʻl tutishi, qayerga, kimga murojaat qilishi lozimligi, kreditlar olishda qanday yengilliklar nazarda tutilganligi haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi, tuman hokimligi tashabbuskor, yurtim ravnaqiga hissa qoʻshaman, deb intiladigan yoshlarni doim qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov soʻzga chiqib, yoshlik – oʻqish, oʻrganish, ishlab, yuksak marralarni egallash uchun muhim davr ekanligini taʼkidlab, yoshlarni bundan unumli foydalanishga daʼvat etdi.

Shundan soʻng, navbat uchrashuv ishtirokchilariga berildi. Ovul yoshlari Zohid Chorshamov, Sarvar Jumaboyevlar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda yordam soʻrab, Javohir Saidkamolov, Shahzoda Rahimova, Jaloliddin Yoʻldoshevlar oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam berishlarini soʻrab murojaat qildilar.

Ovul hududidagi Arna boʻyi mahallasida istiqomat qiluvchi Shinar Bozorboyeva Mangʻit – Kuyuk koʻpir magistral yoʻli boʻyiga, 27-maktab atrofiga oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash uchun piyodalar yoʻlakchasi qurish hamda yoʻlga kesib oʻtish belgisini oʻrnatish boʻyicha, Bogʻ mahallasida yashovchi  Azizbek Xudanov, Shavkat Saparovlar mobil aloqani yaxshilashda, Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi Shohruh Qoʻchqorov moddiy yordam olishda, Bogʻ mahallasida yashovchi Xolida Nurboyeva taʼlim krediti olishda amaliy yordam soʻrab, murojaat  qildilar.

Yoshlar murojaatlarini ijobiy hal qilish yuzasidan choralar koʻrish uchun tegishli maʼsullarga topshiriqlar berildi va ijrosini nazorat qilish belgilab olindi.

Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026