JANJALKAŞ AYoL JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILDI
Maktab – taʼlim va tarbiya maskani. Unda yoş avlod ilmli böliş bilan birga odob-axloqni ham örganadi. Ustozlardan olgan bilimlari bilan hayotda öz örnini topadi va bir umrga ulardan minnatdor bölişadi.
Ammo yoşlarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan ayrim öqituvçilar özaro hurmat saqlaş, atrofdagilarga, öquvçilarga örnak böliş örniga janjallaşib, bir-biriga jarohat yetkazib, huquqbuzarlik sodir qilsa, buni qanday izohlaş mumkin?..
Nukus şahridagi umumtaʼlim maktablaridan birida öqituvçi bölib işlab kelayotgan Sumbuloy Qöçqorova (ism-familiyalar özgartirilgan) şu maktab direktori örinbosari Muhayyo Karimova bilan örtalaridagi özaro ziddiyatlar sabab asabiylaşdi va buni hal qiliş maqsadida uning xizmat xonasiga şiddat bilan kirib bordi. Unga jahl ustida yomon sözlar aytib, haqorat qildi. Hatto stol ustida turgan Muhayyo Karimovaga tegişli bölgan qöl telefonini olib, şu telefon bilan uning boşiga tuşirdi. Töpolonni avjiga çiqarib, hamkasbini döpposlay boşladi.
Natijada Muhayyo Karimovaga soğliqning qisqa muddatga buzilişiga sabab bölgan tan jarohati, yengil şikast yetkazdi.
Har tomonlama nafaqat yoşlarga, balki atrofdagi barçaga örnak, namuna bölişi kerak bölgan Sumbuloy Qöçqorova özining bu harakatlari bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblandi va tegişli jazoga tortildi.
Umida Orazbayeva, Nukus şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovçisi, mayor.
(Illyustrativ foto)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶