OPA-SINGILLAR ÖRTASIDAGI MOJARO JINOIY JAVOBGARLIKKA SABAB BÖLDI
Farzand dunyoga keltirib, voyaga yetkazgan, uning kamolga yetişi uçun borini baxşida etgan har bir ota-ona keksalik yoşiga yetganida undan izzat-hurmat körişni istaydi. Hayotda örnini topişiga kömak berib, oyoqqa turğazgan dilbandining rohatini köriş umidida böladi. Oqibatli farzand esa öz navbatida dunyoga keltirib, hayotini bergan, özi uçun fido bölgan möʼtabarlarini eʼzozlab, doim boşiga kötarib yaşaydi.
Ammo ming afsuslar bölsinki, asrab-avaylab, katta umid bilan voyaga yetkazgan ota-onasining qadriga yetmaydigan, keksayganida beliga quvvat, joniga darmon böliş örniga öz halovatini közlaydigan noqobil farzandlar ham yöq emas.
Respublikamizdagi tumanlardan birida yaşovçi Sarvixon ismli onaxon ham 9 nafar farzandni rahmatli umr yöldoşi bilan birgalikda orzu-havaslarga kömilib ulğaytirgan edi. Ayniqsa, 8 nafari oliy öquv yurtining diplomiga ega bölişganida farzandlari bilan juda faxrlanişdi. Ammo endi keksalik gaştini suradigan paytida otaxon dunyodan ötib, onaxonning halovati yöqoldi. Ayniqsa, xonadonida birga yaşayotgan öğli xizmat taqozosi tufayli boşqa tumanga yaşaşga ketganida u yanada yolğizlanib qoldi. Şundan keyin rözğori bölak bölgan boşqa öğli oilasi bilan kelib, birga yaşay boşladi. Onaxon uyni şu öğlining nomiga ötkazgandan keyin farzandlar örtasida mojaro boşlandi.
Özidan tinib-tinçigan bölişiga qaramasdan, bu boşqa farzandlarga yoqmadi va özaro kelişmovçilikka sabab böla boşladi. Ayniqsa, öz uyiga olib ketib birga yaşayotgan onaxonning şifokor qizi Baxtigul hovlini qaytarib, nomiga ötkazişni talab qildi va uni köndirdi. Bu biri öqituvçi va biri tarbiyaçi bölib işlaydigan boşqa qizlariga, hovli egasi bölgan öğilga yoqmadi. Ular onaxonni yana uyga qaytarib olib kelişdi. Şundan keyin örtadagi kelişmovçilik oldingidan ham kuçaydi. Baxtigul bilan murosaga keliş uçun uning uyiga borgan singillari Guljamol va Janaroylar aksinça, janjallaşib qolişdi. Hatto bir-biri bilan döpposlaşişgaça borişdi. Qattiq jahli çiqqan Janaroy qöliga tuşgan oşxona buyumi bilan Baxtigulning duç kelgan joyiga urib, yengil tan jarohati yetkazdi va uşbu nojoiz qilmişi sabab jinoiy javobgarlikka tortildi.
Keksa onasini ardoqlab, uning oyoği ostidagi jannatni közlariga surtiş örniga halovatini buzib, sargardon qilgan noqobil farzandlarning el oldida ham yuzlari şuvut böldi.
Umida Orazbayeva, Nukus şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhining tergovçisi, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶