DXX ÇEGARA QÖŞINLARI HARBIYLARI TOMONIDAN "OÇIQ EŞIKLAR KUNI" ÖTKAZILDI
Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoşlar taşkil qiladi. Özbekistonda esa bu körsatkiç 60 foizdan oşadi. Yoşlar millatimiz, davlatimiz kelajagi, avlod davomçisidir. Şu bois ularga alohida eʼtibor qaratilib, barkamol insonlar bölib voyaga yetişlari uçun barça şart-şaroit yaratilgan, imkoniyatlar eşigi keng oçilgan.
Yoşlarga oid davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan biri yoşlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topişiga kömaklaşişdan iboratdir. Uşbu yönaliş böyiça harbiy qismlarda ham kompleks tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Yaqinda Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan DXX Çegara qöşinlari harbiy qismlarida Amudaryo tumani xokimligi, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi bilan hamkorlikda, tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 15-, 69-maktablar öquvçilari iştirokida “Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi. Maktab öquvçilariga qurol-aslaha, harbiy-texnika körgazmasi, xizmat hayvonlaridan harbiy-jangovar maqsadda foydalaniş böyiça körgazmali çiqişlar namoyiş etildi. Şundan söng, davlat mukofotiga ega bölgan harbiy xizmatçilar bilan maktab öquvçilari örtasida davra suhbati ötkazildi. Maktab öquvçilari harbiy xizmat töğrisidagi qiziqtirgan savollari bilan javob qaytarişdi.
Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazilgan uşbu tadbir maktab öquvçilarida katta taassurot qoldirdi.

Şuningdek, harbiylar uçun tarğibot, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham ötkazildi. Muddatli harbiy xizmatni DXX Çegara qöşinlarida ötab, oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma bilan Qurolli Kuçlar zahirasiga böşatilgan, hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston Davlat Universitetida huquqşunoslik yönalişi böyiça tahsil olayotgan sobiq muddatli harbiy xizmatçilardan Ş.Zarifov, N.Olimjonovlar uşbu tadbirlarga taşrif buyurdilar.

Sobiq muddatli harbiy xizmatçilar hozirgi vaqtda oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş tartibi, test sinovlarini topşiriş, yoşlarga yaratilayotgan şart-şaroitlar töğrisida harbiy xizmatçilarga maʼlumotlar berişdi.
Muddatli harbiy xizmatçilar va tadbirga taşrif buyurgan talabalar örtasida qizğin davra suhbati ham ötkazildi va tadbir yakunida harbiy qism masʼullari tomonidan talabalarga esdalik uçun kitoblar sovğa qilindi.
S.Toşmatov, harbiy xizmatçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶