25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:20
Jamiyat 👁 127

Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilinganiga 3-yil toʻldi

Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilinganiga 3-yil toʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligi tashkil qilingan edi.

Oʻtgan qisqa vaqt ichida aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi izchil va tizimli ravishda isloh qilinmoqda hamda takomillashtirilib borilmoqda. Har bir tuman va shaharda aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishni zamon talablari darajasiga yetkazish maqsadida zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xizmat koʻrsatish binolari qurilib, foydalanishga topshirilayotgani davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat etuvchi aholi va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratmoqda. Shu bois, koʻrsatilayotgan xizmatlar soni oshib, aholining davlat organlariga nisbatan ishonchi mustahkamlanib bormoqda.

Sohaga soʻnggi joriy qilingan xizmatlar ichida – jismoniy shaxslar tomonidan STIR olish, sudlanmaganlik holati toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish  xizmatlaridan foydalanayotgan aholi  minnatdor boʻlmoqda. Shuningdek, xizmat oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Markazlarda ish vaqti 20:00gacha uzaytirildi.

Aholiga keng turda xizmat koʻrsatilayotgan ushbu Agentlik tashkil qilingan sana munosabati bilan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda markazga tashrif buyurgan fuqarolar yaxshi kayfiyatda kutib olinib, ochiq dasturxonga taklif etildi.

Shuningdek, tadbirda fuqarolarga Agentlik tomonidan tayyorlangan bayram sovgʻalari taqdim qilindi. Bu kabi tadbirdan fuqarolar yanada mamnun boʻlishdi.

Mamlakatimizda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilinganiga koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Lekin oʻtgan qisqa vaqt – 3-yil ichida markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni bir necha martaga koʻpaydi.

  Bundan tashqari, har bir tumanda markazlarning yangi binolari qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bir qancha Davlat xizmatlari markazlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Tumanimizda ham Davlat xizmatlari markazi binosi yangidan bunyod etildi. Bu bilan aholiga namunali xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasiga eng zamonaviy uslub va yangiliklar joriy kilinmoqda. Markazlar oʻz faoliyatini tadbirkorlik subektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishdan boshlagan boʻlsa, hozirgi kunga kelib, jismoniy va yuridik shaxslarga 100dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

Sana munosabati bilan 64-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining ustozlari rahbarligida markazga sayohat ham tashkil etildi. Markazi mutaxassislari oʻquvchilarga markaz faoliyati, davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish qoidalari  haqida tushuntirish berdilar.

Davlat xizmatlari markaziga sayohat davomida oʻquvchi-yoshlar hujjatlarning elektron shakllarini tayyorlash, umumtaʼlim maktablarini tugatgandan soʻng oliy taʼlim muassasalariga oʻz hujjatlarini elektron usulda topshirish, shuningdek, bu jarayonda talab qilinadigan hujjatlarning turlari haqidagi savollariga Markaz xodimlari tomonidan toʻliq javob oldilar.

Davlat xizmatlari markazi tashkil topgan sana Markaz xodimlari, aholi vakillari va yoshlar ishtirokida keng nishonlandi. Xalqqa qulay, tezkor, shaffof va sifatli davlat xizmat koʻrsatayotgan xodimlar uchun ham 12-dekabr sanasi esda qolarli kun boʻldi.

R. Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026