UÇRAŞUVLARDA YoŞLARNING MUAMMOLARI ÖRGANILMOQDA
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ötkazilgan uçraşuvda berilgan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman hududidagi ovul va mahallalarda yoşlar bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Qipçoq şaharça fuqarolar yiğinidagi 11-sonli maktab binosi majlislar zalida yoşlar bandligini taʼminlaş, muammolarini örganiş, fikr va takliflarini tinglaş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda munosib şaroit yaratişga bağişlangan navbatdagi uçraşuv bölib ötdi. Hudud yoşlari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlari iştirokida ötgan mazkur uçraşuvda jami 53 nafar faol yoşlar qatnaşdilar.
Yiğilişni tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov oçdi hamda uçraşuv qatnaşçilarini kun tartibidagi masala bilan taniştirdi. Şuningdek, Mahmud Şermetov mamlakatimizda yoşlarning yuksak marralarni egallaşlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar, çeksiz imkoniyatlar haqida töxtalib, yoşlarni öqib, bilim olişga, şijoat bilan olğa intilişga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand bölişga davʼat qildi. U öz sözida erişgan yutuqlarimiz özimizniki, biz xato va kamçiliklarni örganib, ularni bartaraf qilişga harakat qilmoğimiz kerak, degan fikrni barçamiz hayotiy şoir qilib olişimiz zarur, deya taʼkidladi hamda bilimga çanqoq, izlanuvçan tumanimiz yoşlari haqida özining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov hozirgi kunda yoşlarning, xususan, maktab, kollej va oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar, tumanimizda faoliyat yuritayotgan yoş tadbirkorlar, ular tomonidan xizmat körsatiş sohasida yaratilayotgan yangi iş örinlari haqida maʼlumotlar berib, hudud yoşlarini tadbirkorlikka davʼat etdi.
Şu bilan birga, tumanimizda yuqori marralarni egallab, öz qobiliyatlarini namoyon etayotgan yoşlar safi ösib borayotgani haqida töxtalib, ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati isbot talab qilmaydigan haqiqat ekanligini eʼtirof etdi.
Yoşlar bilan uçraşuv yiğilişida iştirok etgan 53 nafar yoşlar hayotiga doir muammoli masalalarni hal etiş maqsadida röyxat şakllantirilib, har bir murojaat va yoşlar tomonidan bildirilgan takliflar böyiça zarur çora-tadbirlar işlab çiqilib, ularni tizimli ravişda hal etiş, tegişli korxona va taşkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan amaliy işlar olib boriş yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
17-dekabr kuni Yuqori qişloq mahalla fuqarolar yiğinida ham hududda istiqomat qiluvçi yoşlarning muammolarini örganişga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.
Yoşlar bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda munosib şart-şaroitlar yaratib berişga bağişlangan uçraşuv yiğilişida Yuqori qişloq mahallasi hududida yaşovçi 70 nafarga yaqin yoşlar iştirok etişdi.
Oşkora muloqot va samimiylik ruhida ötgan uçraşuvda hudud yoşlaridan 15 nafari 18 ta masala böyiça murojaat qildilar. Xususan, Mavluda Rajabova, Dinora Bekberganova, Nargiza Sobirova, Feruzbek Örozboyevlar öz xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyiş, şuningdek, işga joylaşiş, bank kreditlari oliş böyiça murojaat qildilar. Şu kunning özida yoşlar tomonidan tuşgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. Boşqa murojaatlar mutasaddi taşkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan zarur çoralar köriş maqsadida tizimga olindi.
Yoşlar bilan ötkazilayotgan uçraşuvlar nafaqat ularning hayotidagi muammoli masalalarni joyiga çiqib örganiş va bu borada ularga kömaklaşiş, balki tumanimiz yoşlari tomonidan amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalar, ilm-fan, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda erişayotgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini ham yoşlar ongiga yanada çuqurroq singdirişga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶