NAZORAT TADBIRLARI ÖTKAZILMOQDA
Donişmandlar yurti tinçning özi tinç, deb bekorga aytişmagan. Tinçlik, osoyiştalik hukm surgan joyda yuksaliş, taraqqiyot böladi, mamlakat gullab-yaşnaydi, odamlari tunlari bexavotir orom oladi, kunduzi ertagi kuniga işonç bilan unumli mehnat qiladi.
Bugungi glaballaşuv şiddat bilan keçayotgan murakkab şaroitda Yaratgan bizga inʼom etgan osoyişta hayotni qadrlaşimiz, ogoh va sergak, huşyor yaşaşimiz lozimligini unutmasligimiz darkor.
Keyingi yillarda bu borada içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşida, huquqbuzarliklarning oldini olişga, jamoat tartibini saqlaşida va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaşida aholining huquqiy ongi, savodxonligini oşirişga eʼtibor qaratilayotganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada tizim xodimlarining xalq bilan hamkorligi kuçaydi, elu yurt tinçligiga rahna soluvçi va jamiyat rivojiga salbiy taʼsir körsatuvçi holatlarga qarşi keng jamoatçilik bilan birgalikda kuraş olib borişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining farmoyişiga köra tumanimizda ötkazilayotgan “Tozalaş-Aptiterror” maxsus profilaktik tadbirlariga ham ovul va mahallalar yiğinlari raislari, keng jamoatçilik vakillari jalb qilingan.
Uşbu tadbir boşlanişi oldidan tuman hokimligi binosi oldida yiğiliş ötkazildi va unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Salomat Sariyev va tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosarlari hamda çegara hududda joylaşgan 16 ta ovul va mahallalar raislari, profilaktika inspektorlari qatnaşdilar.
Yiğilişda Salomat Sariyev uşbu tadbirni ötkazişdan maqsad tuman xalqining tinç-osoyişta hayoti bardavom bölişiga erişiş, buningdek farovon kunlarga rahna solişga, yot ğoyalarni tarğib etib,fuqarolarni, ayniqsa, yoşlarni töğri yöldan ozdirişga urinayotganlar tuzoğidan asraş, şu aziz Vatanimizni köz qoraçiğiday himoya qilişga rağbatlantirişdir, deya taʼkidladi. Şuningdek, Yangi yil bayrami kunlari har qanday tartibsizliklar, huquqbuzarliklar kelib çiqişining oldin oliş, odamlarimiz bayramni öz uylarida, oilasi davrasida xuş kayfiyatda qarşi olişiga erişiş ekanligini taʼkidladi.
Yiğilişda belgilangan rejaga köra, 19-, 20-, 21-dekabr kunlarida çegara hududda joylaşgan 16 ta ovul va mahallalarda tozalaş tadbirlari ötkazildi. Tadbirga jami 88 nafar xodimlar jalb qilindi.
Tozalaş tadbirlari davomida jinoyat sodir etişga moyilligi bölgan 11 nafar fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borildi, spirtli içimlikka ruju qöygan 6 nafar şaxs aniqlanib, davolanişga jalb etildi.
Aholi orasida noqonuniy tarzda ov qurollarini saqlaş oqibatlari tuşuntirilişi natijasida 1 nafar şaxs öz xohişi bilan öqotar qurolini Içki işlar bölimiga olib kelib topşirdi, 26 ta maktabda qorovullar tungi navbatçiligi nazorat qilinib, ular bilan profilaktik suhbatlar olib borildi, avtomaşinasida turli qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, jarimaga tortilgan haydovçilardan belgilangan muddatda jarima tölamay yurgan 26 nafariga çoralar körildi. Yaʼni avtomaşinalari jarima maydonçasiga qöyildi.
Şuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etib, sud qaroriga köra, jarima jazosi tayinlanib, tölamay yurgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Körilayotgan buningdek çora-tadbirlardan közlangan maqsad xalqimizning tinç, farovon hayotini taʼminlaşga qaratilgandir
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶