“YoŞLAR FESTIVALI” DOIRASIDA ÖTKAZILGAN TADBIRLAR IŞTIROKÇILARDA ÖÇMAS TAASSUROTLAR QOLDIRDI
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida turli köngiloçar tadbirlar, taʼlim va sportga oid bellaşuvlar, badiiy körgazmalar, muvaffaqiyatga erişayotgan tadbirkorlar bilan uçraşuvlarni öz içiga qamrab olgan “Yoşlar festivali” davom etmoqda.
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş borasida Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan 5 muhim taşabbus ijrosini taʼminlaş yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga şaroit yaratiş, sanʼatga, sportga keng jalb qiliş kompyuter savodxonligini oşiriş, kasb-hunar egallab, hayotda öz örinlarini topişlariga kömaklaşiş maqsadida ötkazilayotgan festival doirasidagi tadbirlarda yoşlar faol iştirok etmoqdalar.
Festival doirasida Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi taşabbusi bilan Manğit şahridagi 82-sonli maktabda ham qator tadbirlar ötkazildi. Dastlab, yoşlarni iş bilan taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qiliş va qöllab-quvvatlaş maqsadida böş iş örinlari yarmarkasi ötkazildi. Tuman Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi bilan hamkorlikda ötkazilgan yarmarkada 54 ta korxona-taşkilotlar jami 170 dan ortiq böş iş örinlari bilan qatnaşdi, 12 nafar yoşlar özlari tanlagan böş iş örinlariga joylaşdilar.

Böş iş örinlari yarmarkasidan söng maktab faollar zalida yoşlar bilan samarali muloqot qiliş, ularning taklif-istaklarini örganiş va birgalikda hal etiş maqsadida “Sektor rahbarlari va yoşlar” uçraşuvi taşkil etildi.
Sektor rahbarlari va yoşlar uçraşuvidan söng tumanimizda faoliyat yuritayotgan 92-02 “K” harbiy qismi harbiy xizmatçilarining yoşlar bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Harbiy xizmatçilar yoşlarga mamlakatimiz çegaralari daxlsizligini saqlaş, muddatli harbiy xizmat burçini ado etiş har bir yigitning oliy vazifasi ekanligi xususida, mudofaa tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar xususida qiziqarli bayon qilib berdilar. Iştirokçi yoşlar harbiy xizmatçilarga muddatli harbiy xizmat, muddatli xizmat burçini ötagan yigitlarga işga joylaşiş, oliygohlarga öqişga kirişda yaratilgan imtiyozlar töğrisida özlarini qiziqtirgan savollarini berib, javoblar oldilar.
Suhbat tugagaç, harbiy yigitlar va tumanimizning sportsevar yigitlari örtasida mini futbol musobaqasi ötkazildi. Çordara mahallasida joylaşgan sunʼiy qoplamali minni futbol maydonçasida bölib ötgan minni futbol musobaqasini tomoşa qiluvçilar, jamoalarni qöllab-quvvatlovçilar köp böldi.
Ğoliblar Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan rağbatlantirildi. Eng muhimi, muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan yigitlar va tumanimizning sportsevar yoşlari musobaqa tufayli yaqindan tanişdilar. Örtalarida iliq döstona munosabat şakllandi. Natijada musobaqa davomida öyin qoidalariga töla amal qilindi va bir-birlarining öyindagi mahoratlariga ğoliblik uçun sidqidildan intilişlariga tan berdilar.
“Yoşlar festivali” doirasidagi ötkazilgan tadbirlarning barçasi iştirokçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi, ezgu maqsadlar sari intilişga rağbatlantirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶