MANĞIT DEHQON BOZORIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YaRMARKASI TAŞKIL ETILDI
Ayni kunlarda mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi tumanimizdagi bozorlarda ham tökin-soçinlik. Mahsulot turlari va sifati, narxlari ham hamyonbop. Yaʼni odatdagi kunlardagidan ança arzon. Oilasi, farzandlari davrasida Yangi yil bayramini xuşçaqlik bilan ötkaziş niyatida oziq-ovqat mahsulotlari, mevalar xarid qiliş uçun bozorlarga taşrif buyurgan fuqarolar quvona-quvona kerakli xaridini qilib ketişayapti. Ayniqsa, Manğit dehqon bozori oldidagi yarmarka savdolaridan barça xursand. Boisi – yaratilgan bu qulayliklar, arzonçiliklar ortida davlatimizning fuqarolarga ğamxörligi mujassam. Şunisi eʼtiborliki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-dekabrdagi “Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari içki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli töldiriş va narx-navolarning barqaror saqlanişini taʼminlaş maqsadida hududlarda yangi yil yarmarka savdolarini taşkil etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 03/1-2623-sonli yiğiliş bayoni topşiriqlari ijrosini taʼminlaş maqsadida respublikaning barça viloyatlari yirik şaharlarida va barça tumanlar markazlarida joriy yilning 20-dekabridan 2021-yil 10-yanvariga qadar ijtimoiy muhim turdagi oziq- ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvçi yarkalarkalar taşkil qilingan.
Yiğiliş bayoniga muvofiq Yangi yil savdo yarmarkalarini samarali taşkil etiş böyiça Respublika işçi guruhi tuzildi, yarmarka rastalariga yetkazib beriladigan mahsulotlar turlarining namunaviy röyxati belgilandi.
Uşbu yarmarkalarga tadbirkorlik subʼektlarni jalb etişga viloyatlar, tuman, şahar hokimliklari bevosita masʼul hisoblanadi.
Bu borada tumanimizda olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida Manğit Dehqon bozorida ham oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi 20-dekabrdan öz faoliyatini boşladi. Hozirgi kunda uşbu yarmarkada göşt, tuxum, tovuq göşti, guruç, şakar, un, un mahsulotlari, mevalar va sabzavotlar odatdagi bozor narxidan ança arzon sotilmoqda.

Şunisi eʼtiborlikki, yangi yil bayrami arafasida bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining sunʼiy ravişda oşib ketişining oldini oliş maqsadida amalga oşirilayotgan bu tadbirning ahamiyatini barça yurtdoşlarimiz sidqidildan his qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasidan sifatli va hamyonbop mahsulotlarni quvona-quvona xarid qilmoqda. Narxlarning barqarorligi Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tuman bölimi tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
Yangi yil! Bu bayramni barça yoşdagi odamlar özgaça quvonç, ezgu orzular oğuşida qarşi oladi, tökin dasturxon atrofida kirib kelayotgan yilning xayrli bölişini, el tinç-omonligini tilab duolar qilinadi. Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari yurtdoşlarimizning bayram quvonçiga quvonç qöşişi aniq. Yarmarka faoliyati 2021-yilning 10-yanvarigaça davom etadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶