YaNGI KÖPRIK ELLARNI TUTAŞTIRADI
Prezidentimiz Amudaryoga yangidan mustahkam köprik qurilişini maʼlum qilganlarida, şu elning farzandi sifatida köksimga siğmay quvondim. Qişning qahraton kunlarida, daryo suvi muzlab, köprik işlamay, öquvçilarimizni barjada daryodan ötkaza olmay, navbat kutib qiynalganlarimiz tumanday tarqab ketdi.
Köprik işga tuşsa, azim Qoraqalpoq diyori va köhna Xorazm elini tutaştiradi, qalblar birlaşadi, elda oğzibirçilik böladi, iqtisod rivojlanadi, turmuş farovonlaşadi. Bu voqea har ikkala yurtning tarixida asrlarni lol qoldirgan möʼjiza desak, aslo mubolağa emas. Özbekistonday mamlakatning – kuç-qudratini, Yurtboşimizning el-parvarligini isbotlovçi tarixiy voqea böladi.
Köprik qurilişi marhum hokimimiz R.Yöldoşevning ham azaliy armoni edi, u kişi daryoga yangi köprik quriş böyiça köp harakat qilgandilar. Ana şu armon endi uşalmoqda. Köprik qurilişi boşlanayotganidan faqat Amudaryodagina emas, balki butun Qoraqalpoq va Xorazm elida yoşu-qari xursand, hamma bir-birini qutlamoqda.
Biz işonamizki, quriladigan yangi köprik Vatanimizning ravnaqiga, elimizning farovonligiga, iqtisodimizning rivojiga xizmat qilib, ikki muqaddas tuproqni birlaştiradi.
Tilagim – dengizimiz ham suvga tölsin, elga baraka va davlat kelayotganligi rost bölsin!
S.Xöjamurodova, 40-sonli maktab direktori, Jöqorği Kenges deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶