2020-yil sarhisobi va 2021-yil rejalari
Rahmatulla MATQURBONOV, tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri:
Yoş avlodning umumiy örta taʼlim maktabida qanday öqitilişi – öqituvçilarning bilimi va kasb mahoratiga köp jihatdan boğliq. Şuning uçun ham taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, öqituvçilarning öz ustlarida işlab, salohiyatini yuksaltirib borişlariga, bolalarga sifatli taʼlim berilişiga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanimizda ham yoş avlodning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilimlarni egallaşi, umumiy örta taʼlim maktablari öqituvçilarining salohiyatini yuksaltiriş uçun turli seminar-treninglar, tadbirlar ötkazilmoqda, kasbiga masʼuliyati oşirilmoqda.
Şuningdek, ular har tomonlama qöllab-quvvatlanib, mehnatlari rağbatlantirilmoqda va mavqei yuksalişiga erişilmoqda.
Öquvçi-yoşlarning qunt bilan öqib, maʼrifatli, maʼnaviyatli bölib, kamol topişiga ğamxörliklar tobora kuçaytirilayapti.
Yakunlanayotgan yilda 40-sonli va 4-, 18-, 36-, 41-, 51-sonli maktablarning tom qismi, isitiş tizim-lari taʼmirlanib, yoğoç romli derazalar plastik romli derazalarga almaştirilmoqda. Bu işlar mazkur maktablarda öquvçilarning qulay şaroitlarda taʼlim-tarbiya olişini taʼminlaydi.
Bu saʼy-harakatlarning barçasi yoş avlod kamoliga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Maʼlumki, taʼlim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy şartidir. Ana şunday yuksak talabga munosib böliş burçi va masʼuliyati bilan mehnat qilayotgan tumanimiz taʼlim tizimi xodimlarini, xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman, yurtimiz tinç-osoyişta bölsin!
Faxriddin ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlaşmasi boş şifokori vazifasini vaqtinça bajaruvçi:
Yakunlanayotgan yilda dunyo xalqlari qatori bizning yurtdoşlarimiz ham oğir sinovlarni boşidan keçirdi. Koronavirus pandemiyasi, ketma-ket yuz bergan tabiiy ofatlarga qarşi kuraşda xalqimizning mustahkam hamjihatligi, mehr-oqibati, sabr-matonati yaqqol sinovdan ötdi.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi keng tarqalib ketişining oldini oliş, jilovlaşga erişiş borasida olib borilgan oqilona çora-tadbirlar natijasida bugungi kunda vaziyat barqarorlaşgani barçani quvontiradi, öz jonini xatarga qöyib, bemorlarga şifo ulaşgan tibbiyot xodimlariga el mehri yuksaldi.
Joriy yilda tumanimiz aholisini koronavirusdan himoya qiliş va davolaş işlariga, tibbiyot xodimlarining şaxsiy himoyasi uçun jami 707 mln. 906 ming 867 söm pul mablaği sarflandi. Şuningdek, koronavirus infektsiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadlariga 1 mlrd. 344 mln. 541 ming söm mablağ inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan tölandi.
Davlatimizning buningdek ğamxörligini hamma bilişi kerak. Bugungi kunda Muhtaram Yurtboşimizning 2020-yil 12-noyabrdagi 6110-sonli Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida tumandagi barça tibbiyot muassasalari orqali birlamçi yordam tizimida jami 87 ta brigada taşkil etilib, aholi xatlovdan ötkazilmoqda. Har bir brigadaga 1 nafar umumiy amaliyot şifokori, 4 nafar patronaj hamşirasi biriktirilgan va zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.
Şuningdek, aholining soğlom turmuş tarziga amal qiliş, jismoniy faolligini oşiriş borasida tarğibot-taşviqot olib borilayapti. Boisi, el soğliği – ulkan boylik.
Saida SODIQOVA, tuman Maktabgaça taʼlim bölimi mudiri:
Hozirgi kunda tumanda 50 ta davlat, 4 ta davlat-xususiy şeriklik asosidagi va 54 ta oilaviy maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyat olib bormoqda. Uşbu taşkilotlarda jami 420 ta guruhlar mavjud bölib, asosiy guruhlar 250 ta, qisqa muddatli guruhlar 160 ta, majburiy bepul boşlanğiç taʼlim guruhlari esa 10 tani taşkil qiladi.
Uşbu taşkilotlarga qamrab olingan bolalar soni 10052 nafarni, yaʼni 16682 nafar maktabgaça yoşdagi bolalarning 60,2 foizini taşkil qiladi.
2020-yilda Kipçoq ovulida joylaşgan 20-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya hisobidan yangidan quriliş işlari bajarildi. Toş yop ovulida joylaşgan 13-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti filiali 2020-yil investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya işlari hisobidan umumiy qiymati 2 mlrd. 750 mln. 210 ming sömlik yangi 90-örinli binoning quriliş işlari yakuniga yetay deb qoldi. Bundan taşqari, Oybek mahallasida joylaşgan 6-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida investitsiya dasturi asosida rekonstruktsiya qiliş işlari boşlangan bölib, quriliş işlari 2021-yil yanvar oyida yakuniga yetkazilişi rejalaştirilgan.
2020-yil yakuniga qadar 24 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida tezkor optik tolali internet tarmoğiga ulaş işlari yakuniga yetkazilişi belgilangan. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Maktabgaça taʼlim vazirligining 204-sonli buyruğiga asosan tuman davlat MTT lari 48 ta zamonaviy noutbuklar bilan taʼminlandi.
Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boşlanğiç taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlaş tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 132-sonli qaroriga asosan tumandagi 8 ta maktabgaça taʼlim taşkilotida 10 ta majburiy taʼlim guruhlari taşkil etildi.
Yil yakuniga qadar maktabgaça yoşdagi bolalarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab oliş körsatkiçi 63,3 foiz (10560 nafar) taşkil qilişi kutilmoqda. Bolajonlar baxtiyor va şodon ulğayişi uçun bor kuç va ğayratimizni safarbar etamiz.
Barçaga Yangi yil qutluğ bölsin!
Şuhrat YuSUPOV, tuman Madaniyat bölimi mudiri:
Har qanday davlatning mavqeini undagi madaniyat, maʼnaviyat rivoji belgilaydi. Bizning sohamiz ana şu maqsadlarga xizmat qilayotganidan mamnunman.
Tuman Madaniyat bölimi tasarrufida 7 ta Madaniyat markazlari, 3 ta Xalq jamoalari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, 1 ta Madaniyat va istirohat boği, 1 ta maxsus közi ojizlar kutubxonasi mavjud.
Madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli milliy madaniyatimizni rivojlantiriş, aholiga namunali sanʼat, kutubxona xizmati körsatiş, keng jamoatçilik orasida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va umrboqiy anʼanalarimizni tarğib etiş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga erişiş borasida ibratga loyiq işlar qilinayapti. Madaniyat markazlarimizdagi 20 dan ortiq havaskorlik tögaraklarida 250 nafardan ortiq yoşlar sanʼat sirlarini örganib, iqtidorini yuksaltirmoqdalar. Şuningdek, yoşlarni sanʼatga keng jalb etiş maqsadida joriy yilda qöşimça maqom, sahna tsirki, askiya, ovoz yoziş, raqs, baxşiçilik, masxarabozlik sanʼati böyiça ham tögaraklar faoliyati yölga qöyildi.
Bölimimiz maʼmuriy binosida bajarilayotgan 2 mlrd. 500 mln. sömlik kapital rekonstruktsiya işlari poyoniga yetay deb qoldi. Natijada tomoşabinlarga turli dasturlar namoyiş etiş uçun yanada qulay imkoniyatlar, xodimlarimizning unumli işlaşlariga şaroitlar yaratiladi. Ana şunday xayrli özgarişlar bilan joriy yil tuman Madaniyat bölimi xodimlari uçun unutilmas yil bölib qoladi.
Dilfuza ABDULLAYeVA, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar böyiça Bosuv MFY raisi örinbosari:
2020-yil xalqimiz uçun oğir sinovlar yili böldi. Lekin şunday bölsada, bizning Bosuv mahallamiz aholisi har bir masalaga hamjihatlik bilan yondaşib, muammolarni birgalikda hal qilişdi.
Pandemiya şaroitida ham hududimizdagi fermer xöjaliklarida paxta va boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan möl hosil yetiştirildi. Aholi tomorqa yerlarining deyarli barçasida xalqimiz ehtiyoji uçun yetarli hosil yiğib olindi.
Aholining ehtiyojmand qatlamiga ijtimoiy yordam körsatiş, oilaviy nizolarning oldini oliş maqsadida keng qamrovli işlar amalga oşirildi. Hududimizga masʼul bölgan profilaktika inspektori, mahalla faollari bilan hamkorlik yaxşi yölga qöyilgani bois, 2020-yil davomida oilaviy ajraşişlar umuman kuzatilmadi. Mahallamiz hududidagi umumtaʼlim maktablari öquvçilaridan köpçiligi OTMlarga öqişga kirişdi. Bularning barçasi bizga quvonç bağişlaydi.
Men xalqimizga yangi 2021-yil yanada omadli kelişini tilayman.
Muzaffar Ortiqov, “Zafarbek Şerimmatov” fermer xöjaligi rahbari:
Dehqon uçun yilning barça fasllari qaynoq mehnat damlari bilan keçadi. 2020-yil xöjaligimiz işçilari uçun muvaffaqiyatlar yili böldi, desam heç mubolağa qilmagan bölaman. Muhimi, biz pandemiya xavfidan vahimaga tuşmadik. Erta bahorda 33 gektar yerga sifatli qilib çigit ekdik. Ğöza parvarişi davrida barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilgani bois, kuzda yuqori hosil yetiştirildi va 88,5 tonnalik xirmon bunyod etildi. Bu boradagi şartnomaviy rejani 107 foizga uddaladik. Şuningdek, buğdoy xirmonimiz ham sarbaland böldi. Davlatga 48 tonna buğdoy yetkazib berildi. Pillaçilik sohasi böyiça ham rejamiz 100 foiz ado etildi. Bundan taşqari, 9,8 tonna şoli hosili oldik. 2020-yilda jami daromadimiz 507 mln. sömni, olingan sof foyda esa 156 mln. sömni taşkil etdi.
Ayni paytda 2021-yilgi qişloq xöjalik ekinlaridan ham yuqori hosil yetiştiriş maqsadida qişgi dala işlarini olib bormoqdamiz. Maqsadimiz, halol mehnatimiz bilan xalq farovonligini, moddiy manfaatdorligini oşirişga öz hissamizni qöşişdir.
Fursatdan foydalanib, tumanimiz xalqini, barça yurtdoşlarimizni yangi yil bayrami bilan çin dildan muborakbod etaman. Istagim, yangi yil xalqimizga farovonlik, tinçlik va baxt-saodat olib kelsin!
Oyimjon Örozaliyeva, Beruniy MFYda istiqomat qiluvçi mehnat faxriysi:
Mehnat faoliyatimning asosiy qismi tumanimizdagi yirik quriliş taşkilotida quruvçi-muhandis vazifasida işlaş bilan ötgan. Juda murakkab vaziyatlarga duç kelardik. Biron bir quriliş obʼektini rejaga kiritiş, loyiha hujjatlarini tayyorlaş qiyin keçardi. Loyiha hujjatlari tayyor bölgaç, obʼekt qurilişini sobiq ittifoq tomonidan boşqariladigan “beş yillik reja”ga kiritiş uçun yelib-yugurişlar boşlanardi.
Bugungi kunda tobora çiroy oçib borayotgan tumanimiz qiyofasida mustaqillik davrining xalqparvarlik siyosati yaqqol aks etib turibdi. Ming şukur, xalqimiz hayoti tobora farovonlaşib bormoqda. Amudaryo televideniyesi orqali xalq deputatlari tuman Kengaşining 22-sessiyasi töğrisidagi axborot va tumanimiz hokimi S.Yöldaşevning tuman aholisiga Murojaatini quvonib tingladim. Garçi global tus olgan pandemiya butun dunyo iqtisodining pasayib ketişiga sababçi bölgan bölsa-da, tumanimizda taʼlim-tarbiya, quriliş sohalariga juda katta miqdordagi mablağlar ajratilayotgani, yana yangi-yangi loyihalar rejalaştirilayotganidan bildimki, tumanimiz qiyofasi 2021-yilda yanada gözallaşadi.
Biz keksalar ana şunday ezgu işlarda yoşlarga hamişa qöl-qanot bölişga intilamiz, doimo duodamiz. Nafaqa pullarimizni uyimizgaça olib kelib berişayapti, “Toza hudud” DUK işçilari köçalarimizni saranjom-sarişta qilib qöyişibdi. Mahallalarimiz, xonadonlarimiz fayzga töla.
Men uşbu qutluğ kunlarda barça yurtdoşlarimizni Yangi yil bilan çin dildan tabriklayman, barçaga soğlik-omonlik tilayman.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶