Bir guruh mahalla faollari va jamoatçilik vakillari taqdirlandi
2020-yil 30-dekabr kuni Amudaryo tumani Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimida Yangi yil bayrami munosabati bilan yil yakunlariga bağişlab tadbir ötkazildi. Tadbirda tumandagi fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari rahbarlari, masʼul xodimlari, koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy himoya qilişga ulkan hissa qöşgan tadbirkorlar, jamiyat rivojiga özlarining munosib hissasini qöşayotgan nuroniylar hamda “Obod va xavfsiz mahalla” körik-tanlovining tuman bosqiçi ğoliblari iştirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi örinbsoari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşev oçdi va olib bordi. U barçani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qizğin qutlab, 2020-yil tumanimiz tarixida öçmas xotiralarga boy ulkan bunyodkorliklar, rivojlanişlar, yangilanişlar yili bölganligini, koronavirus pandemiyasi, tabiiy ofatlarni xalqimiz mustahkam hamjihatlikda yengib ötganligini faxr bilan qayd etdi. Bölim tomonidan yil davomida aholining kam taʼminlangan qismini ijtimoiy himoya qiliş, aholini, ayniqsa, yoşlarni yangi iş örinlari bilan taʼminlaş, munosib turmuş şaroitlari yaratiş borasida amalga oşirilgan işlarga töxtaldi.
Tadbirda Yangi yil bayrami munosabati bilan 77 nafar yordamga muhtoj kam taʼminlangan oilalarga 11 turdagi maişiy texnika vositalari sovğa qilindi. Şuningdek, 130 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 272 million söm pul ajratilib, oila aʼzolarining plastik kartalariga ötkazib berildi.
Mahalla mehr-oqibat va hamjihatlik markazi sanaladi. Yordamga muhtoj oilalarga kömak körsatiş, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş xalqimizning azaliy udumlariga aylangan. Pandemiya davrida ham noçor ahvolga tuşib qolgan ehtiyojmand aholiga tadbirkorlar va mahalla faollari beğaraz moddiy kömak körsatdilar. Tadbirda bu kabi xayrli işlarga hissa qöşgan, şuningdek, kökalamzorlaştiriş, obodonlaştiriş işlarida faol iştirok etgan 11 nafar tadbirkorlarga tuman hokimining taşakkurnomasi topşirildi.
Yoş avlodni vatanpavarlik ruhida tarbiyalaşga ulkan hissa qöşgan Nuroniylar jamoatçilik kengaşining 3 nafar aʼzolariga Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining taşakkurnomasi, 4 nafar nuroniyga tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining taşakkurnomalari tantanali ravişda topşirildi. Şuningdek, “Obod va xavfsiz mahalla” körik-tanlovining tuman bosqiçida 23 ta nominatsiyasi böyiça aniqlangan ğoliblar munosib taqdirlandilar.
Bayram oldidan körsatilgan eʼtibor va rağbatdan barça xursand böldi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶