NAVOIY NOMLI MAHALLADA TUMAN FVB TOMONIDAN AMALIY-TAKTIK MAŞĞULOT ÖTKAZILDI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş böyiça hududiy komissiyasining 2020-yil 25-noyabrdagi hamda tuman hokimligining 2020-yil 28-noyabr sanasidagi majlisi bayoni ijrosini taʼminlaş maqsadida “Aholini va hududlarni Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qiliş oyligi” ötkazilmoqda. Uşbu oylik doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan turli mavzularda amaliy-taktik va öquv maşğulotlari, fuqarolar muhofazasi bilan boğliq davra suhbatlari, ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari vakillari iştirokida tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda.
2020-yilning 25-dekabr sanasida Manğit şahridagi Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiğini faollari va aholi vakillari iştirokida Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining qiş mavsumiga tayyorgarlik holati hamda “Quturiş kasalligining oldini oliş uçun daydi hayvonlarni yöq qiliş” mavzusida amaliy-taktik maxsus öquv maşğuloti ötkazildi. Öquv maşğulotiga Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi faoliyatini taşkil etiş xavfsizlik xizmati tarğibot bölinmasi boşliği Bekzod Tojiboyev rahbarlik qildi.
Navoiy nomli mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Mirzo Uluğbek nomidagi köçada istiqomat qiluvçi fuqarolar tomonidan kelib tuşgan murojaatlarga asosan hamkorlikdagi taşkilotlar bilan birgalikda “Quturiş kasalligining oldini oliş va daydi hayvonlarni yöq qiliş” mavzusida ötkazilgan amaliy-taktik öquv maşğulotida avvalo, uşbu mahalla fuqarolaridan birini daydi it tişlab olgani, jabrlangan şaxsga tez tibbiy yordam körsatilib, uni töliq davolaş çoralari körilgani aytib ötildi.
Bundan taşqari, hududga tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi hamda tuman Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi mutaxassislari zudlik bilan kelişib vaziyatni örgangani, jarohat olgan şaxsning quturiş kasalligiga qarşi emlangani xususida batafsil maʼlumot berildi. Şu bilan birga, mahalla hududidagi xonadonlar örganilib, uylarda aholi tomonidan boqilayotgan uy hayvonlarini quturiş kasalligiga qarşi emlaş va emlanganlik holati uy hayvonlariga berilgan pasportda qayd etilişi kerakligi taʼkidlandi.
Bölib ötgan amaliy-taktik öquv maşğulotida tuman Obodonlaştiriş boşqarmasining qarovsiz hayvonlarni tutiş brigadasiga 2020-yilning dekabr oyi davomida 19 ta ariza kelib tuşgani taʼkildab ötildi. Murojaatlar asosan tumanimizning Oq oltin, Xolimbeg, Amir Temur nomli, Xitoy, Tölqin ovul fuqarolar yiğinlari, şuningdek, Qipçoq şaharçasi, Uyşin, Çordara, Ayoqçi mahallalari hissasiga töğri keladi. Uşbu murojaatlar ijrosini taʼminlaş maqsadida qarovsiz va xavfli deb hisoblangan 72 boş daydi itlar, 28 boş daydi hayvonlar uşlanib, maxsus qafaslarda maʼlum muddat boqilgaç, quturiş kasalligi alomatlari bölmagan hayvonlar, agar egasi murojaat qilsa, maxsus yöl-yöriq va tavsiyalar orqali zarur tuşunçalar berilib, egalariga qaytariş çoralari körildi. Quturiş kasalligi alomatlari kuzatilgan hayvonlar esa tegişli tartibda yöq qilindi. Quturiş kasalligi alomatlari kuzatilgan hayvonlar qaysi hududdan keltirilgan bölsa, öşa hududdagi barça uy hayvonlari Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi mutaxassislari tomonidan quturiş kasalligiga qarşi tegişli tartibda emlaş işlari olib borildi.
Bölib ötgan amaliy-taktik öquv maşğulotida iştirokçilarga bu borada töliq maʼlumotlar berildi. Şu bilan birga har bir fuqaroning “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlarda muhofaza qiliş oyligi”da faol iştirok etişi zarurligi, bu esa xalqimizning tinç, osoyişta va soğ-salomat hayot keçirişida muhim ahamiyatga ega ekanligi amaliy maşğulotlar orqali körsatib berildi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶