22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:45
Fan va taʼlim 👁 292

TARIX FANI OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLAB “OʻLKAM TARIXI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

TARIX FANI OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLAB “OʻLKAM TARIXI” MAVZUSIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Umumtaʼlim maktablarida dekabr – tarix, tarbiya va huquq fanlari oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Fan oyligi doirasida barcha maktablarda biri-biridan qiziqarli tadbirlar, innovatsion dars-mashgʻulotlari tashkil etilib, oʻquvchilarning bilimlari oshirildi.

Amudaryo tumanidagi 75-sonli maktabda ham fan oyligi doirasida turli tadbirlar oʻtkazildi. Ayniqsa, tarix fani boʻyicha oylik davomida sinflararo, guruhlararo bellashuvlar, tumanimiz, Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston hamda qadimgi  dunyo tarixi, shuningdek, Oʻzbekistonning yangi tarixiga oid referatlar, suratli albomlar tayyorlandi. Oʻquvchilar tomonidan “Oʻlkam tarixi” mavzusida koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmadan joy olgan buyuk Amir Temur davlatchiligi tarixiga oid referat va insholar, tarixiy surat-lavhalar oʻquvchilarning  Temuriylar saltanati haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladi.

Bir oy davom etgan tarix fani oyligi doirasida oʻtkazilgan ochiq darslar, seminar-treninglarda maktabning  tarix fani oʻqituvchilari “oʻrgan-oʻrgat” tamoyili asosida oʻzaro tajriba almashdilar. Oʻquvchilar oʻrtasida Vatanimiz tarixi yuzasidan referatlar tanlovi, insholar va rasmlar tanlovlari oʻtkazildi, Fan oyligi  yakunida barcha  tadbirlar umumlashtirildi va “Oʻlkam tarixi” mavzusidagi koʻrgazma orqali oʻquvchilarning eng sara ishlari namoyish etildi.

Shuningdek, oylik doirasida oʻtkazilgan sinflararo bellashuvlarda, guruhlararo  zakovat bahslarida hamda referat va insholar tanlovlarida oʻz bilimdonliklarini namoyish etgan oʻquvchilar, eng yaxshi insho, eng yaxshi rasmlar mualliflarining nomlari alohida qayd etilib, maktab  maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Fan oyligining yakunlovchi bosqichida ishtirok etgan tuman Xalq taʼlimi boʻlimi uslubchilari Odilbek Haytimbetov va Oʻtkirbek Matmurodovlar “Oʻlkam tarixi” koʻrgazmasiga yuqori  baho berdilar. Shu bilan birga, fan oyligi doirasida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan referatlar, ona Vatan tarixi, tumanimiz hamda oʻquvchilarning oʻzlari istiqomat qilayotgan mahallalar tarixiga oid insholar, maktabning havaskor rassomlari chizgan tarixiy suratlarning mazmun-mohiyati, ushbu ijodiy ishlarning  yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati xususida atroflicha toʻxtaldilar.

Tarix fani oyligi yakuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy  tadbirda oʻquvchi-yoshlar xalqimiz sevgan adib va shoirlarning asarlaridan parchalar, biri-biridan taʼsirli sheʼrlar oʻqidilar.

“Oʻlkam tarixi” mavzusidagi koʻrgazmali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻquvchilar qalbida ona Yurtga muhabbat, maʼnaviy qadriyatlarga va xalqimizning buyuk tarixiga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026