“VATANIM – MENING FAXRIM” ŞIORI OSTIDA KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
2021-yil 4-yanvar kuni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga hissa qöşiş va mamlakatimizda jamoat tartibi va xavfsizlikning saqlanişida, terrorizm va ekstremizm harakatlarining oldini olişda, mamlakatning hududiy yaxlitligini va mudofaasini taʼminlaşda ulkan mavqe va nufuzga ega Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga hurmat-ehtirom tuyğusini şakllantirişga xizmat qiluvçi «Vatanim – mening faxrim» şiori ostida kontsert dasturi namoyiş etildi.
Kontsert dasturida Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasining 1-alohida otryadi xizmatçilari iştirok etdilar.
Tadbirni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yöldoşboy Abdalov oçdi va barçani yangi yil bilan qizğin qutlab, sovğa sifatida öquvçilar iştirokida tayyorlangan kontsert dasturini tomoşa qilişga taklif etdi.
Maktab direktori Yöldoşboy Abdalov davlatimiz tomonidan yoş avlodning komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar töğrisida söz yuritdi va uşbu tadbir Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasining 1-alohida otryadi bilan hamkorlikda ötkazilayotganini aytib, buning uçun otryad komandiri Baxtiyor Otajonovga minnatdorçilik bildirdi.
Kontsert dasturida musiqa va sanʼat maktabining xalq çolğu, tasviriy sanʼat, teatr bölimlari öquvçilari iştirok etdilar. Dastlab ular ijrosida xalqimizning yillar oşa eʼzozlanib kelayotgan milliy mumtoz musiqalari yangradi, zamonaviy anʼanaviy musiqalar, teatrlaştirilgan yangi yil tomoşalari ijro etildi.
Şundan söng, 9-sonli Bolalar va musiqa va sanʼat maktabining tasviriy sanʼat sinfi öquvçilari ijodiga mansub tasviriy sanʼat namunalari körgazmasi bölib ötdi. Tadbir mehmonlari avvalo uşbu sinf öquvçilari maşğulot ötadigan sinfxonalar, ularda bolalarning ijod qilişi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar va ularning yurt manzaralari, adabiyot va sanʼat arboblari qiyofasi, Vatanga çeksiz muhabbat va sadoqat ğoyalari aks ettirilgan asarlarini qiziqib tomoşa qildilar, öquvçilar bilan samimiy suhbatlaşdilar. Tadbir söngida Özbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Qöriqlaş boşqarmasi 1-alohida otryadi komandiri Baxtiyor Otajonov tadbirda faol qatnaşgan, öz iqtidorini namoyon etgan öquvçilarga taşakkurnoma va esdalik sovğalarini topşirdi. Uşbu tadbir qatnaşgan barça otryad aʼzolarida ulkan taassurotlar qoldirganini taʼkidlab, musiqa va sanʼatga oşufta yoşlarga sidqidildan saboq berayotgan maktab pedagogika jamoasiga minnatdorçilik bildirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶