ÖQUVÇI-YoŞLAR ŞIMOLIY-ĞARBIY HARBIY OKRUGDA BÖLIB, HARBIYLAR HAYoTI BILAN TANIŞDILAR
Dunyoda kasblar, hunarlar köp. Şu barobarida inson yuragida uyğonuvçi orzular ham bisyor. Ayniqsa, yigit kişi hayotida heç bölmasa bir marta harbiy libos qiyişni, ona Vatan sarhadlarida mağrur turib, askar qasamini qabul qilişni bolalikdan orzu qilib yaşaydi. Tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda ötkaziladigan tadbirlarda bu yaqqol namoyon böladi.
Yaqinda, 2020-yilning 24-dekabr sanasida tuman hokimligi yordami bilan tuman Mudofaa işlari bölimi hamda Xalq taʼlimi bölimi hamkorlikda taşkil etilgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida 16-, 22-, 38-, 55-, 56-sonli maktablarning bir guruh öquvçilari tuman Mudofaa işlari bölimi xodimi M.Madrahimov boşçiligida Şimoliy-ğarbiy harbiy okrugining dala maşğuloti maydonida bölib, harbiylar hayoti bilan yaqindan tanişdilar.
Ösib kelayotgan yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaş, globallaşuv jarayonida yoşlarni mafkuraviy xurujlardan himoyalaş, ularga mamlakatimizning tinçlikparvar siyosati, harbiy salohiyati, mintaqada döstlik va tinçlik örnatişga qöşayotgan beqiyos katta hissasi haqida keng tuşunçalar berişga qaratilgan uşbu tadbirlda 55-sonli umumtaʼlim maktab öquvçi-yoşlari ham faol iştirok etişdi.
Maktabning Çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbari N.Örozboyev boşçiligida mazkur tadbirda iştirok etgan öquvçi-yoşlarga, avvalo, maroqli kontsert dasturi, söngra Şimoliy-ğarbiy harbiy okrug zobit va askarlari tomonidan amalga oşirilgan harbiy taktik-öquv maşğulotlari, körgazmali çiqişlar namoyiş etilib, zamonaviy harbiy qurollar körgazmasi taşkil etildi.
Öquvçi-yoşlar zobit va askarlarning ona Vatanni himoya qiliş har bir yigit kişining burçi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaşga hissa qöşiş esa har bir inson uçun şon-şaraf ekanligi xususidagi sözlarini maroq bilan tingladilar. Qömondonlik tomonidan öquvçi-yoşlarga körsatilgan katta eʼtibor uçun yoşlar öz minnatdorçiliklarini izhor etdilar.
“Vatanparvarlik oyligi” doirasida tumanimiz maktablari öquvçilarining Şimoliy-ğarbiy harbiy okrug zobit va askarlari bilan uçraşuvi hamda dala maşğuloti maydonida ötkazilgan körgazmali harbiy taktik-öquv maşğulotlari, harbiy qurollar körgazmasi yoşlarda katta taassurotlar qoldirdi.
B.UTABOYeV, 55-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶