KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞGA HISSA QÖŞGANLAR DAVLAT MUKOFOTIGA TAVSIYa ETILADI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kungi 829-sonli qarori bilan “Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarşi kuraşişga boşqa tarzda kömaklaşgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlandi. Nizomga köra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan şaxslar bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
Jumladan, özlariga nisbatan pora talab qilgan şaxs yoki özlariga maʼlum bölgan korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi organlar, yaʼni Boş prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga bergan xabari asosida bunday huquqbuzarlik foş etilsa uşbu holat rağbatlantirişga munosib deb topiladi. Şuningdek, korruptsiyaga oid jinoyatni sodir etganligi uçun qidiruvda bölgan şaxs töğrisida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga berilgan xabar asosida qidiruvdagi şaxs uşlansa bunday xabarni yetkazgan şaxs ham rağbatlantiriladi. Lekin Nizomga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organlarning xodimlari bundan mustasno.
Şunga köra, korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korruptsiyaga qarşi kuraşişga boşqa tarzda kömaklaşgan şaxslar tegişliça BHMning 3 baravaridan 25 baravarigaça, yaʼni 669 ming sömdan 5 mln. 575 ming sömgaça miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rağbatlantirilişi mumkin.
Agar pora summasi yoki yetkazilgan zarar yoxud özlaştirilayotgan, özlaştirilgan mulkning qiymati BHMning yuz baravaridan köp bölsa, mukofot quyidagi foiz hisobida hisoblanadi:
- ança miqdor uçun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;
- köp va juda köp miqdor uçun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.
Şaxs korruptsiyaga qarşi kuraşişga munosib hissa qöşganligi uçun davlat mukofotiga ham tavsiya etilişi mumkin. Bunday holat uçun şaxslarni rağbatlantiriş masalalari korruptsiyaga qarşi kuraşuvçi organlar huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar tomonidan körib çiqiladi.
Maxsus komissiya qarori asosida bir martalik pul mukofoti yoki esdalik sovğasi bilan taqdirlaş haqida qaror 1 iş kunida çiqariladi. Şuningdek, pul mukofoti xarajatlar smetasiga özgartiriş kiritilgandan söng 15 iş kuni içida şaxslarning şaxsiy hisobvarağiga ötkazib beriladi.
N.Jumaniyozova, Amudaryo tumani “Madad” HMB maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶