SUYuLTIRILGAN GAZ ENDILIKDA ONLAYN NAZORAT QILINADI
Amudaryo tumanda suyultirilgan gazdan foydalanuvçi 26233 ta aholi xonadoni mavjud. Tuman aholisiga 1 ta Xolimbeg servis markazi va 7 ta suyultirilgan gaz ballonlarni töldiriş va qabul qiliş şoxobçasi xizmat qilib kelmoqda. Undan taşqari uzoqda joylaşgan 12 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari olib borib berilmoqda. Sotuvda 1 kg. suyultirilgan gazning bahosi 1120 söm bölib, bir ballonga 20 kg. suyultirilgan gaz quyiladi.
Joriy yilning 15-oktyabridan boşlab, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan respublika hududlari böylab, maişiy gaz ballonlariga ştrix kodli stikerlarni örnatiş işlari boşlandi.
Isteʼmolçiga berilgan ID kartada barça maʼlumotlar körinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oşiriş muammosi bölmaydi. Şu bilan birga bu tizimda gaz ballon tarqatiş oraliği 45 kun bölsa, 45 kun içida faqatgina bir marta pul yeçib olinadi. Yaʼni, 45 kun içida ikkinçi bor gaz ballon olişning imkoni yöq. Avtomatlaştirilgan tizimda belgilangan mablağ tegişli muddatda yeçib olinadi. Yaʼni, haydovçi ekspeditor va taʼminotçi xodimlar tomonidan gaz ballon uçun qöldan naqd pul olinişiga yöl qöyilmaydi. Bu esa öz navbatida suyultirilgan gaz taʼminotida körsatilayotgan xizmat sifatini yanada oşirib, tizimdagi korruptsiya holatlarini bartaraf etişga imkon beradi.
Har bir isteʼmolçi qabul qilib olayotgan suyultirilgan gaz balloni vaznini maxsus nazorat tarozilari orqali tekşirib olişlari uçun “Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qulayliklar yaratilgan. Yaʼni, barça avtotransport vositalari mana şunday nazorat tarozisi bilan taʼminlangan. Har bir maişiy gaz balloni böş holdagi vaznidan taşqari 20 kg. suyultirilgan gaz bilan töldirilgan bölişi lozim. Agar ballonda 20 kg.dan kam gaz bölsa, isteʼmolçining uşbu ballonni olmaslikka qonuniy haqqi bor.
Suyultirilgan gaz isteʼmolçilarining xonadonlariga maişiy gaz ballonlarni örnatib beriş xizmati 3 ming sömni taşkil etadi. Yangi tartibga köra joriy etilayotgan mazkur xizmat ixtiyoriydir.
Qadamboy Matirzayev, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti bölimi suyultirilgan gaz xizmati boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶