25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 13:08
Jamiyat 👁 304

Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi zobitlari tumanimiz yoshlari bilan uchrashdi

Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi zobitlari tumanimiz yoshlari bilan uchrashdi

Prezidentimizning «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoyishiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va ushbu sanani munosib oʻtkazish maqsadida 2020-yil 15-dekabrdan 2021-yil 15-yanvar sanasigacha mamlakatimizda Vatanparvarlik oyligini oʻtkazish belgilandi. «Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!» umumiy shiori ostida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbirlarni eng chekka hududlarda ham oʻtkazish, unga umumtaʼlim maktabining chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash boʻyicha mutaxassislarini keng jalb qilishga eʼtibor qaratildi. Chunki oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga vatanparvarlik tuygʻusini yoshlikdan singdirib borishda chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash mutaxassislarining roli muhim ahamiyatga ega.

2021-yilning 7-yanvar sanasida Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuv tadbirida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash boʻyicha mutaxassis oʻqituvchilari, umumtaʼlim maktablarining faol, jamoatchi oʻquvchilari, shuningdek 21131-sonli shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi zobit va askarlari ishtirok etdilar.

«Kim Vatanga sdoiq boʻlsa, mendirman oʻsha!» shiori ostida Vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda 21131-sonli shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi maʼnaviy-tarbiyaviy masalalar boʻyicha masʼul mutaxassis Temirov Suhrob Shodiqulovich uchrashuv ishtirokchilariga harbiy qurollar, texnikalar hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan zobit va askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy salohiyati xususida gapirib, yoshlarning savollariga batafsil javob berdi.

Shuningdek, tadbirda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Azizbek Jonuzoqov Vatan himoyachisi boʻlish har bir yigit uchun shon-sharaf ekanligini, buning uchun yoshlar avvalo jismonan yetuk, sogʻlom, dunyoqarashi keng, tarix, matematika kabi fanlardan chuqur bilimga ega, sogʻlom fikrli boʻlishi zarurligi, yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari, bilim asoslarini egallashlari uchun mamlakatimizda zarur shart-sharoit yaratilgani haqida keng toʻxtalib oʻtdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy oʻtgan uchrashuv tadbirida Oʻzbekiston Yoshlar Agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov mamlakatimizning turli hududlarida muddatli harbiy xizmat burchlarini oʻtayotgan tumanimiz yoshlari haqida uchrashuv tadbiri ishtirokchilariga faxrlanib soʻzlab berdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari hamda 9-sonli Bolalar musiqa maktabi oʻquvchilari hamkorlikda tayyorlagan kontsert dasturi namoyish etilib, tuman XTBga qarashli maktablarning bir guruh chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash boʻyicha mutaxassislari yoshlarni harbiy vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida yutuqlari uchun tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan taqdirlandilar.

Uchrashuv tadbirining yakuniy qismida ishtirokchilar zamonaviy harbiy qurol-aslahalar koʻrgazmasi bilan tanishdilar. Shu bilan birga 21131-sonli shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugi harbiylari tomonidan qoʻl jangi, harbiy sport mashgʻulotlari, bayramona marsh sadolari ostida qadam tashlash kabi harbiy mashqlar ham namoyish etilib, safda yurish qoidalari amalda koʻrsatib berildi.

Vtanparvarlik oyligi doirasida «Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!» shiori ostida boʻlib oʻtgan harbiy zobitlar va yoshlar uchrashuvi ishtirokchilarda ona yurtga cheksiz mehr-muhabbat, Vatanga sodiqlik tuygʻusini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026