21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 18:50
Iqtisodiyot 👁 256

TUMANDAGI BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLAR KOʻMAKChISIGA AYLANDI

TUMANDAGI BOSh VAZIR QABULXONASI TADBIRKORLAR KOʻMAKChISIGA AYLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Amudaryo tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan tegishli ishchi guruh, shtab, vakolatli organlar vakillari hamkorligida tadbirkorlarga ularni qiynayotgan, faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etishda yaqindan koʻmak berilmoqda. Qabulxona huzuridagi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan iborat Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi bilan ham bu borada muntazam ravishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, oʻtgan 2020-yil davomida qabulxona tomonidan hududlarda 42 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida qabulxonada jami 326 ta masalalar boʻyicha 313 ta murojaatlar roʻyxatga olindi. Kelib tushgan murojaatlarning 10 tasi Respublika miqyosidagi, 102 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqiyosidagi, 201 tasi tuman miqyosidagi murojaatlar boʻlib, murojaatlarning 71 tasi oʻtkazilgan sayyor qabullar orqali, 98 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qilish orqali, 139 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 5 tasi maxsus portal orqali elektron tarzda kelib tushgan.

Murojaatlar asosan kredit ajratish masalasida boʻlib, ushbu masala boʻyicha 104 ta murojaat qabul qilindi. Shuningdek, yer, kadastr va arxitektura qurilish masalalari boʻyicha 58 ta murojaat qabul qilingan boʻlib, ularda asosan yer resurslari va davlat kadastri masalasi,  fermerlik yer masalalari, bino-inoshootlar ajratish masalalari boʻyicha koʻmak berish soʻralgan. Undan tashqari, infratuzilma masalalari boʻyicha 20 ta, boshqa masalalar boʻyicha esa 144 ta murojaat qabul qilindi. Roʻyxatga olingan 313 ta murojaatdan 251 tasi qanoatlantirildi. Qolgan 72 tasiga tushuntirishlar berilib, 3 ta murojaat rad etildi.

Oʻtgan yil davomida tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqilishi mobaynida muddat buzilishi, yuzaki koʻrib chiqish holatlariga yoʻl qoʻygan korxona-tashkilot rahbarlariga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 7 ta taqdimnoma xatlari kiritilib, 4 nafar xodimga nisbatan intizomiy taʼsir choralari koʻrildi.

Qabulxonaga 2020-yil 8-iyul kuni Tosh yop ovulida yashovchi Davlatboy Jumaniyazovning tomorqasidagi issiqxonasini kengaytirish maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi boʻyicha 30 mln. soʻm kredit ajratilishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati atroflicha oʻrganib chiqildi. Shundan soʻng, Xalq bankining tuman filiali koʻmagida ushbu masalani hal etishga eʼtibor qaratilgani natijasida tadbirkor kredit mablagʻi evaziga tomorqasidagi 7 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qildi. Hozirgi kunda qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlgan tadbirkor oila aʼzolari bilan birgalikda issiqxonada ikkinchi ekish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishmoqda.

2020-yil 19-oktyabr kuni "Sarviniso-Mavjuda" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Kenjaboy Rajabov ham ruxsatnoma, litsenziya va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda hamda bankdan kredit ajratilishida amaliy yordam soʻrab Qabulxonaga murojaat qildi. Ushbu murojaat ham atroflicha oʻrganib chiqildi va hal etilishiga yaqindan yordam koʻrsatildi. Korxonasida yangidan uchta ish oʻrnini yaratib, 3 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.

Qabulxona huzurida tashkil etilgan faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va tadbirkorlarning boshqa vakillaridan iborat Jamoatchilik Kengashi tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolar oʻrganilib borilmoqda. Oʻtgan yil mobaynida Kengash tomonidan 12-marta yigʻilish oʻtkazilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga 17 ta takliflar kiritildi.

Qabulxonaning amaliy yordami tufayli, elimiz farovonligiga hissa qoʻshayotgan tadbirkorlar soni koʻpaymoqda. Tadbirkorlarning haq-huquqlarini himoya qilishda, muammolariga yechim topishda Qabulxona tomonidan koʻrsatilayotgan qator amaliy yordam ishbilarmonlikni ragʻbatlantirishga, aholiga xizmatlar koʻrsatishni yaxshilashga muhim hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026