XATONI OTA-ONA QILIB, JAZOSINI GÖDAKLAR TORTADIMI?
Xalqimizda kirpi bolasini yumşoğim, qarğa oppoğim, deb suyadi degan gap bor. Hayotga çuqurroq nazar solib qarasak, çindan-da baʼzi hollarda hayvonlar, quşlar Yaratgan eng mukammal qilib yaratilgan zot – insonlardan bolajonroq ekanligini, ular kelgusi avlodi uçun ğamxörroq ekanligini anglaganday bölamiz. Ommaviy axborot vositalarida hayotimiz bor böyiça aks etayotgan bugungi kunda qaysi amaldorning qanday maşina sotib olayotgani, qaysi amaldor qanday yaşaşi-yu qöl ostidagilarga qanday muomalada bölişi, kim oilasini qanday boqayapti-yu kimning kim bilan turmuş qurib, kimlar ajraşayotgani, şou biznes vakillari qança pul topayotgani va nimalarga sarflayotgani, avvalgi, keyingi turmuşi haqida barça maʼlumotlarni, dunyo mamlakatlariga doir maʼlumotlarni ham ijtimoiy tarmoqlardan bemalol topa olamiz. Mayli bularni rivojlaniş, globallaşuv mahsuli deb qabul qilamiz.
Şunisi açinarliki, keyingi yillarda öz bolasini pulga (!) yangi uy oliş, boqişda qiyinçiliklarga uçrayotgani, yo birov bilib qolmasligi uçun (albatta, nikohsiz tuğilganini) sotayotgan onalar, oilasidagi arzimagan muammolar sabab hatto ularga öt qöyayotgan, suvga çöktirayotgan onalar, köksiga piçoq qadayotgan otalar haqida yozilgan maqolalarni öqib, “tavba” deya yoqa uşlaydi, odam. Xatoni ota-onalar qilişadi jazosini gödaklar tortadimi? Bu qanday bağritoşlik?
Yaqindagina Sirdaryoda közmunçoqday şirintoy ikki öğlini va özini suvga taşlab öldirmoqçi bölgan ayol töxtatib qolingan edi. Zominda beşikda yotgan ikki oylik norasida gödak qizini oilaviy nizolarga bardoş berolmay, urib öldirgan erkakka beş yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangani haqida öqib, dahşatdan qotib qoldim. Axir olamga endigina közlarini katta-katta oçib boqayotgan, ota-onasi mehrini, oğuşini his qila boşlagan gödakda, qizaloqda ne ayb? Muammo girdobida qolgan bölsa, insonlarça muomala bilan er-xotin özlari hal qilsalar bölmasmidi? Nahot ular qiz bola nafaqat farzand, balki jannat kaliti degan taʼrifga loyiq ekanligidan bexabar bölişsa? Johillik, bağritoşlik ham şunçalik bölar ekanmi – ota öz puştikamaridan dunyoga kelgan ikki oylik farzandi arjumandini urib öldirişgaça borib yetsa? Nahot u farzand Yaratganning eng bebaho neʼmati ekanligiga, çor-atrofida tirnoqqa zor qança odamlar borligiga aqli yetmaydigan darajada bölsa?
Bilmadim, bilmadim. Biroq öşa erkak murğak norasidaning uvoliga qolgani aniq.
Mayli, kun-kunni quvib ötib, öşa otaning beş yil ozodlikdan mahrum qiliş jazo (nazarimda juda kam belgilangan) muddati ham tugar. Biroq öşa vaqtda u el yuziga qanday qaraydi, kim uning yölini kutadi? Menimça bu savollar unga beş yillik jazodan ham oğir bölar, ehtimol? Yaratganning özi odamlarning barçasiga insof bersin!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶