21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:37
Jamiyat 👁 3,079

TADBIRKORLIKDAN ZIYNATLANGAN OILA

TADBIRKORLIKDAN ZIYNATLANGAN OILA

Insonning özi uçun qalb ardoğiga aylangan tuyğulari köp. Umrini ezgu orzular bilan xayrli taşvişlar oğuşida ötkaziş, hayot yöllarida heç bölmaganda har kuni bir özgariş yasaşga intilib yaşaş esa hammaning ham qölidan kelavermaydi. Şirin orzular qiliş boşqa, uni öz hayot mezoniga aylantirib, orzular röyobidan zavq olib, özgalarga ham yaxşilik va zavq ulaşib yaşaş boşqa. Mening bugungi qahramonim – "toşyop”lik tadbirkor Amina Şomurodova özi uçun eng aziz tuyğu – şirin orzulari oğuşida ulğayib, xayrli işlari bilan hamqişloqlari, tumanimiz xalqining hurmat va eʼtiboriga sazovor bölgan ayollardan.

Amina ulğaygan oilaviy muhit uni hayotga ziyraklik va teran nazar bilan boqib, zamon talablariga munosib xulosalar çiqarib yaşaşga örgatdi. Umrini dehqonçilik madaniyatini yuksaltiriş, tomorqa xöjaligidan möl-köl daromad oliş manbalarini yaratiş, farzandlariga dehqonçilik ilmini örgatişga bağişlab yaşagan otasi Qurbonboy bobo 8 nafar farzandini atrofiga jamlab, doim bir gapni takrorlardi:

- Bolalarim, mehnat odamning çiroyini oçadi, umriga zeb beradi. Mehnatning şirin nonidan taningiz soğ, atrofingiz gulboğ böladi, aslo mehnatdan qoçmanglar.

- Otamning ögitlari köp bölardi, - mamnuniyat bilan xotirlaydi Amina. – "Pul, boylik bevafo böladi, – derdilar doim. – Haddan taşqari boylikka öç böliş – umrni kirlantiradi. Pul qölning emas, umrning ham kiri, bolalarim. Qöl kirini yuvsa, ketadi. Boylik umrni kirlantirsa – yomon. Boyliging juda oşib-toşsa – xayr-ehson qil, yengil tortasan, el duosini olib, zavqlanasan...

Oiladagi bunday maʼnaviy tarbiya onlari farzandlarni el koriga kamarbasta insonlar sifatida şakllantirdi. Aka-opalariga öxşab oliygoh talabasi bölişni diliga tukkan Amina örta maktabni endi tugatayotganida oila boşiga oğir musibat tuşdi. Mehribon onasidan bemavrid judo bölgan öğil-qizlariga ota-onalik qiliş Qurbonboy otani çarçatib qöyganida oilaning zalvorli yukiga yelka tutgan Aminajon böldi. U ham maktabda aʼlo öqişga, ham otasining yonida tomorqada işlaşga vaqt topdi. Hatto rözğordagi yetişmovçiliklar sabab qöni-qöşnining oila ehtiyojidan ortgan sut mahsulotlarini şaharliklarga olib borib sotişga, oila iqtisodini kötarişda otasiga kömakdoş bölişga intildi. Örta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Samarqand arxitektura va quriliş-muhandislik institutiga öqişga kirdi. Tabiatan tirişqoq va intiluvçan bölgan Amina talabalik davridayoq, öz moddiy ehtiyojlarini hisobga olib, öqişdan böş vaqtlarida bolalar uçun paypoqçalar, nimçalar, çiroyli jemperlar töqidi. Uning qölida jilo topgan bunday kiyim-keçaklarning xaridorlari esa doim kursdoş döstlari bölişardi. Amina Şomurodovaning tadbirkorlik qobiliyati öşa olis talabalik yillarida şakllangan bölsa ne ajab!

Institutni tugatib 1996-98-yillarda tuman xotin-qizlar qömitasi mutaxassisi sifatida faoliyat olib borgan Amina özini tadbirkorlik sohasida sinab körmoqçi böldi.

- Meni bu sohaga qiziqtirgan ustozim rus millatiga mansub tadbirkor ayol, Nukus şahridagi "Tamara” qandolatçilik firmasi direktori Larisa Vitalevna böldi, - deydi ilk tadbirkorlik faoliyati haqida. – Öşa paytda, 1998-yilda Larisaxonim Qoraqalpoğiston Respublikasi rus madaniyati markazi raisi ham edi. Meni firma iş yurituvçisi sifatida işga oldi va şu soha sirlarini erinmay örgatdi.

"Tamara” qandolatçilik firmasida 16-yil davomida iş yurituvçi vazifasida faoliyat olib borgan Amina Şomurodova uçun bu yillar tadbirkorlik sohasida çinakam toblaniş maktabi böldi. Larisaxonimning tavsiyasi bilan özining yakka tadbirkorlik faoliyatini boşlab yubordi.

Asli kasbi haydovçi bölgan "toşyop”lik Öktamboy Bobotoyev bilan qurgan ahil oilasida tört nafar öğil-qiz voyaga yetmoqda. Farzandlar ulğaygan sari taşvişlari ham ulğaydimi yoki tadbirkorlik sohasiga iştiyoq balandligidanmi 2009-yilda Amina qandolatçilik mahsulotlari savdosini rivojlantiriş maqsadida öz biznes-rejasini işlab çiqdi va oilaviy tadbirkorlikni yölga qöydi. Bugungi kunda "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasi içki bozorda raqobatbardoş mahsulotlari bilan öz mijozlariga ega iqtisodiy baquvvat oilaviy korxonalardan biriga aylandi.

"Xayrli işga el xayrixoh”, - deb bejiz aytişmagan. Amina va Öktamboy xayrli, ezgu işlari bilan hamişa el olqişiga sazovor.

Hisob-kitobda uddaburon korxona iş yurituvçisi Öktamboy ham, har bir işni puxta reja asosida olib boruvçi Aminajon ham yaxşilik va xayrli işlar yölida tökilib turişlaridanmi, korxona ofisi ham, savdo şoxobçalari ham hamişa mijozlar bilan gavjum. Kimdir töyga kam xarjroq bölib turganidan, yana kimdir farzandini, ota-onasini davolatişga qiynalib qolganidan "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasi eşigidan qisinib-qimtinib kirib kelişadi. Öktamboy ham, Aminajon ham aslo "yöq”ni aytmaydi. Yordam – beminnat. Örtada – insoniylik, mehr-muruvvat böy tiklaydi. Eşikdan qisinib-qimtinib, qaddiegilib kirib kelgan hojatmand ketarida boşini kötarib, qaddini tik tutib, quvonib-quvonib, minnatdorlik tuyğulari oğuşida çiqib ketadi. Muhtojning köngli toğ, uning köngliga yöl topgan Aminajon bilan Öktamboyning qadri baland. Ana şudir – inson orzularining umrga ziynat bergani! Şudir – yaxşilik deb atalgan özbekona fazilat – özbek feʼli!

"Manğit - Fayz” oilaviy korxonasi faoliyatida bunday yaxşilik tomon har kuni bir qadam qöyiladi. Oilaning eng yaqin qarindoşi vafot etdi, 3 nafar norasida gödak yetim qoldi. Qarindoşni begona qiliş – nomardlik. Amina bilan Öktamboy 3 nafar yetimni özlarining 4 farzandi qatori tarbiyasiga olişdi. Oq yuvib-oq tarab, voyaga yetkazişdi. Ulğaygaç, biri kollej talabasi, ikki nafar binoyiday bir korxona işçilari bölişgan bolalar oila, ota-ona tarbiyasini olib, asta-sekin elga qöşilayotganidan barça mamnun. Yana bir birinçiguruh nogiron qarindoşi ham "Manğit - Fayz” korxonasining mehr-muruvvatidan hamişa bahramand. "Toşyop” ovulidagi 5-sonli maktabda ötkaziladigan turli xil tadbirlarga homiylik qilib kelayotgan "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasining tadbirkorlik sohasida öz iqtisodiy mezonlari bor. Içki bozorni barqaror rivojlantiriş va xaridorgir, sifatli mahsulotlar savdosini taşkil etişda öz tajribasi va uslubiga ega korxonaning bankka naqd pul tuşumida ham hissasi katta. Oyiga 15 million sömlik naqd pul tuşumini taʼminlaşni rejalaştirgan korxona maʼmuriyati bu rejani 20 million söm atrofida uddalaşga erişmoqda.

"Toşyop” ovulida esa "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasining homiylik xizmatidan mamnun kişilar köpçilikni taşkil qiladi. Kam taʼminlangan, boquvçisini yöqotgan oilalarga, mehnatga layoqatsiz birinçi guruh nogironlariga beminnat yordam qölini çözayotgan Aminajon va Öktamboyning xonadoni hamişa yaxşilar taşrifidan obod. Çunki içki bozorni rivojlantiriş, bankda naqd pul aylanmasini taʼminlaşga hissa qöşiş, xalqimizga sifatli qandolatçilik mahsulotlari yetkazib berişdagi beminnat xizmatlari uçun tuman hokimining taşakkurnomasini olişga sazovor bölgan korxonada esa hamjihatlik hokim. Uç nafar odamni iş bilan taʼminlab, öz oilasi iqtisodini havas qilarli darajaga kötara olgan tadbirkor oilada barçaning öz bajaradigan işi, orzu-intilişlarining borligi esa havaslarga loyiq.

"Mehnatdan kelsa boylik, turmuş bölar çiroylik”, deb bejizga aytişmagan ota-bobolarimiz. Tadbirkorlikni ham çidaganga çiqargan, - deyişlarida esa olam jahon hikmat bor. "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasi rahbari Aminajon Şomurodova va iş yurituvçi Öktamboy Bobotoyevlar öz umr yöllarini tadbirkorlikning şirin mevalari bilan ziynatlab, fidoyi mehnatlari evaziga yetişgan fayzga töla obod va farovon turmuşlaridan çehralari gul-gun.

- Farzandlarimizga atab namunaviy uy-joylardan birini oliş uçun şartnoma tuzdik, - deydi Öktamboy. – Özimizning imoratimiz quriladigan hududda oilaviy korxonamizning filialini oçiş niyatimiz ham yöq emas. şunday qilsak, yana bir-ikki nafar kişi iş bilan taʼminlanadi.

Albatta, "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasida yana ösiş, özgariş, rivojlaniş böladi, muhimi, filial oçişsa, hudud aholisining muşkuli osonlaşadi, toza, sifatli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj mollari bilan taʼminlanadi. Aminajon bilan Öktamboy esa...

Ular tinim bilmay işlaşadi. Korxona ixtiyoridagi "Ford” rusumli mikroavtobusi bilan el-yurt oğirini yengil qilib xalq xizmatiga hamişa kamarbasta bölib yaşaşdan aslo çarçamaydilar.

Bu hayotning eng oddiy falsafasi ham özing uçun gözal turmuş tarzini yaratib, özgalarga yaxşiliklar ulaşib yaşaş emasmi, azizlar! Buni biz "Manğit - Fayz” oilaviy korxonasida, uning elga bergan fayzida, yaxşiliklarida kördik.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026