“ASKAR ONALARINI ŞARAFLAYMIZ!” NOMLI TADBIR ÖTKAZILDI
Dilbandi qalbiga Vatanni asraşdek muqaddas burç tuyğusini joylagan, uning soğlom, barkamol voyaga yetişi uçun butun borliğini baxşida etgan ayol aziz va möʼtabardir. Ana şunday onalar şarafiga 14-yanvar kuni tuman hokimligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi, tuman Madaniyat bölimi, tuman Mudofaa bölimi hamkorligida 14-yanvar - Vatan himoyaçilari kuniga bağişlab, muddatli harbiy xizmatini yurtimizning turli hududlarida ötayotgan askarlar onalari iştirokida “Askar onalarini şaraflaymiz!” tadbiri ötkazildi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan tadbirda tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği, örinbosari, tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi Muqaddas Beknazarova tabrik sözi bilan oçdi. U mamlakatimizda harbiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, harbiy xizmatçilar va muddatli harbiy xizmatni ötayotgan askarlarga yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar yuksak samaralar berayotgani, ötgan yillar davomida Vatan posbonlariga munosib şart-şaroit yaratib beriş, harbiy xizmatçilar, ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalaş borasida tizimli işlar amalga oşirilganligi haqida gapirdi hamda tumanimizning muddatli harbiy xizmat burçini bajarayotgan yigitlari onalariga tuman hokimi Sultanboy Yöldaşevning tabrigini öqib eşittirdi. 79 nafar askar öğlonlarning onalariga bayram munosabati bilan esdalik sovğalarini topşirdi.
Tuman Mudofaa bölimi xodimi Muzaffar Madraimov askar onalarini va barça yiğilganlarni Milliy Armiyamiz taşkil topgan kun bilan qizğin tabrikladi. Yurtiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan tumanimizning askar öğlonlari onalariga samimiy minnatdorçilik bildirdi.
Şuningdek, tadbirda Amudaryo tumanidagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmat burçini ötayotgan bir guruh askarlar ham iştirok etib, askar onalarini, barçani bayram bilan qutladi.
Tabriklar, samimiy tilaklar tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlarining ulkan kontsert dasturiga ulanib ketdi. Askar onalari özlariga körsatilgan hurmat-ehtirom uçun çuqur minnatdorçilik bildirdilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶