OGOHLIK MAVZUSIDA YIĞILIŞLAR ÖTKAZILDI
13-yanvar kuni Amudaryo tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida yoşlarni terroristik va ektremistik taşkilotlar tuzoğiga tuşib qolişdan asraş maqsadida maktab rahbariyati va içki işlar bölimi hamkorligida yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda 2-sonli kasb-hunar maktabi öquvçilari, öqituvçilari tuman Içki işlar bölimi xodimlari iştirok etdilar. Yiğilişni maktab direktori Muzaffar Qurbonboyev oçdi va hozirgi globallaşuv jarayoni şiddat bilan keçayotgan vaqtda terrorizm tahdidlari tobora kuçayib borayotganligi, ular yoşlarning ongini zaharlab, öz safiga tortişga urinayotgani va bu maqsadi yölida muqaddas islom dinimizni niqob qilib olayotganini aytib ötdi va yoşlarni ularning soxta aldovlariga uçmaslikni, diniy taʼlim oliş istagida bölgan yoşlar respublikamizdagi rasman faoliyat yuritayotgan diniy muassasalardan olişi lozimligini taʼkidladi. Bu borada öquvçilarni ogoh etiş, huşyorlikka çaqiriş maqsadida uşbu yiğiliş ötkazilayotganini aytdi.
Şuningdek, yoşlar öqib bilim olişlari, kasb-hunar egallab, hayotda öz örnini topişga erişişlari lozimligini, buning uçun yoşlarga barça şaroitlar muhayyo ekanligini aytdi.
Tuman Içki işlar bölimi xodimi Uluğbek Pölatov sözga çiqib, dunyoda tobora keng audatoriyani egallaşga intilayotgan terrorizm va ekstremizm xavfi yurtimizdagi obod va farovon turmuş tarzimizga, tinçlik-osoyiştaligimizga xavf solayotganini, yoşlar bundan ogoh bölişi, internet tarmoğidagi norasmiy sayt va kanallardan foydalanmasligi, din niqobi ostidagi yaşirin aldovlarga uçmasligi lozimligini tuşuntirdi. Şuningdek, maʼruzaçi kasb-hunar maktabi öquvçilarini yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, çuqur bilim olişga, kasb-hunarni puxta egallaşga çaqirdi.
Şu kuni Manğit şahridagi 38-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham huddi şu mavzuda yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda maktab öqituvçilari, yuqori sinflar öquvçilari iştirok etdilar. Tuman Içki işlar bölimi xodimi Uluğbek Pölatov yiğilganlarga öquvçi-yoşlarni ekstremistik, terroristik taşkilotlar xavfidan himoya qiliş, tobora kuçayayotgan axborot xurujlaridan asraş mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza yuzasidan öquvçilarning fikr va mulohazalari ham tinglandi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda hududida ham norasmiy saytlarga kirib, turli ekstremistik guruhlar tuzoğiga tuşib qolayotgan yoşlar afsuski, uçramoqda. Maʼruzaçilar kelgusida buningdek holatlarning oldini oliş uçun taʼlim muassasalari öqituvçilari öquvçilarning ota-onalari bilan mustahkam hamkorlikda iş olib borişlari, öquvçilarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga harakat qilişlari lozimligini taʼkidladi.
Jonli muloqot tarzida ötgan yiğiliş öquvçilarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶