VATANPARVAR YoŞLARNI KAMOLGA YeTKAZAYoTGAN USTOZ
Yoş avlod qalbida Vatanga çeksiz mehru-muhabbat, sadoqat tuyğularini mustahkamlaş hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Yoşlar ongiga uşbu tuyğularni singdiriş, ularni harbiy-vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşda umumtaʼlim maktablarida ötilayotgan Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani muhim örin tutadi. Şuningdek, çaqiruvga qadar boşlanğiç taʼlim – yoşlarning siyosiy, maʼnaviy dunyoqaraşini östiriş, xalqimizning boy tarixi, şonli jangovar anʼana va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalaş, sportning harbiy va amaliy turlarini rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tumanimizdagi 46-sonli maktabda ham uşbu fandan dars maşğulotlari samarali taşkil etilib, öquvçi-yoşlar vatanparvarlik ruhida tarbiyalanmoqda. Fan böyiça öquv maşğulotlarini maktabning çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik böyiça rahbari, tajribali öqituvçi Amin Yöldoşev nazariy va amaliy tarzda taşkil etib, öquvçilarga Vatan mudofaasi töğrisida tuşunça, çuqur bilim berib bormoqda. Öquvçilar darslarda Qurolli Kuçlarimiz qöşinlarining turlari va tuzilişi, harbiy nizomlar haqida batafsil maʼlumotlarga ega bölişmoqda. Şu qatorda ular saflaniş, öqotar qurollar, harbiy texnika turlari, ulardan foydalaniş qoidalarini örganib, çidamlilik, kuçlilik, tezlik, çaqqonlik böyiça jismoniy maşqlarni bajariş könikmalarini ham özlaştirişmoqda.
Öquvçilarga dars maşğulotlari doimiy ravişda maxsus jihozlangan sinfxonada ötkaziladi. Hozirda maktabdagi uşbu sinfxona zamonaviy öquv qurollari, harbiy aslahalar körinişidagi körgazmali jihozlar, turli maketlar, harbiy liboslar va boşqa buyumlar bilan töliq taʼminlangan. Ular yordamida öquvçilarga fanni öqitiş jarayoni yanada oson bölmoqda. Çunki, qurol yoki harbiy aslahani körgan öquvçining nazariy darslarda olgan bilimlari yanada mustahkamlanib, amaliy könikmalari oşib boradi.
Dastlabki harbiy bilim va könikmalarni beriş, armiyaga yoşlarni tayyorlaş – çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilaridan çuqur bilim va boy hayotiy tajribani, milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklardan boxabar bölişni, dastlabki harbiy könikmalarga ega bölişni talab etadi. Şu bois fan öqituvçisi A.Yöldoşev muntazam ravişda öz ustida işlab, tinimsiz ravişda izlanadi.
Ayni paytda öz darslarini samarali taşkil etib, öquvçi-yoşlarga Milliy armiyamiz davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va tinç-osoyişta hayotining kafolati ekanligini tuşuntirib kelayotgan tajribali ustoz harbiy unvonga ega, zahiradagi katta leytenant. Oliy öquv yurtini boşlanğiç harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya yönalişi böyiça tugallagan A.Yöldoşev özi tahsil olgan 46-sonli maktabda boşlanğiç harbiy tayyorgarlik fani öqituvçisi bölib iş boşlagan edi. Soha böyiça çuqur bilimga ega bölgan mutaxassis 1996-2001-yillarda tuman Mudofaa işlari bölimida Boşlanğiç harbiy tayyorgarlik bölinmasi boşliği lavozimida işladi.
Maktablarda Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanini öqitişda mutaxassis kadrlarga bölgan ehtiyoj tufayli u 2001-yilda yana 46-sonli maktabga qaytib, öqituvçilik faoliyatini davom ettirdi. Ötgan yillar davomida işga bölgan talabçanligi, masʼuliyatliligi, fidoyiligi sababli jismoniy tarbiya öqituvçisi, maktab direktori kabi vazifalarda ham mehnat qildi.
Yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini işonçli himoya qilişga qodir, tezkor, jangovar qobiliyati yuksak kadrlar tayyorlaş davr talabidir. Yoş avlodni ana şu talabga köra vatanparvar, yurtga munosib farzandlar qilib kamolga yetkazayotgan ustoz A.Yöldoşev buni özining Vatan oldidagi burçi deb biladi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶