PROBATsIYa HISOBIDAGI XOTIN-QIZLARGA HUQUQIY TUŞUNÇALAR BERILDI
Barça joylarda bölgani kabi Qoraqalpoğiston Respublikasida ham aholining huquqiy madaniyatini oşirişga eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda sudlarning asosiy qismi joylarda, sayyor sud majlislarida körib çiqilmoqda. Bunday tadbirlardan keyin esa aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularga qonunçilikdagi özgarişlar, jinoyat oqibatlari keng tuşuntirib borilmoqda.
14-yanvar kuni mazkur vazifalarning ijrosini taʼminlaş maqsadida tuman Adliya bölimi tomonidan Içki işlar organlari Probatsiya guruhi bilan hamkorlikda probatsiya hisobidagi xotin-qizlar bilan uçraşuv ötkazildi. Tadbirda tuman Adliya bölimi, Probatsiya guruhi masʼullari iştirok etdilar. Uşbu tadbirda iştirok etgan masʼullar inson huquq va manfaatlarini taʼminlaş, qadr-qimmatini yuksaltiriş har qaysi jamiyatda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi xususida söz yuritdilar.
Masʼullar tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Murod Kamolov tomonidan 2020-yil 12-noyabrda “Qoraqalpoğiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlaş, jinoyatçilik profilaktikasini yanada takomillaştiriş, odil sudlovni taʼminlaş va korruptsiyadan xoli hududga aylantiriş” böyiça Yöl xaritasi tasdiqlanganligi töğrisida maʼlumot berildi. Unga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi sudlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi, Içki işlar vazirligi va Adliya vazirligiga muayyan vazifalar yuklatilganligi taʼkidlandi.
Tadbirda sudlarga elektron murojaat qiliş, arizalar holatini onlayn tarzda kuzatiş, taraflarga maʼlumotlarni elektron şaklda yuboriş imkoniyatini yaratuvçi yangi tizim işga tuşirilayotgani hamda video konferents aloqa tizimi böyiça olib borilayotgan işlarning sud jarayonlarida korruptsiya omili kamayişiga sabab bölişi töğrisida söz yuritildi.
Tadbir davomida muqaddam jinoyat sodir etib, probatsiya hisobida turgan xotin-qizlar bilan suhbat ötkazildi. Kundalik hayotda ular yeçim topa olmayotgan huquqiy muammolar muhokama qilindi va uşbu muammolarni bartaraf qiliş yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Şuningdek, uşbu ayollarga ijtimoiy nafaqa, aliment, migrantlar huquqlari, mehnat huquqi kabi masalalarda tayyorlangan infografik materiallar tarqatildi.
Tadbirda iştirok etgan probatsiya hisobidagi xotin-qizlarga soha xodimlari tomonidan keng turdagi huquqiy tuşunçalar, yöl-yöriqlar berildi va ular bilan jinoyatçilik oqibatlari, hayotda töğri yöldan boriş, halol mehnat qiliş borasida ham suhbatlaşildi. Mazkur tadbir ayollarning huquqiy bilimlarni oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Möminjon Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶