25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:37
Jamiyat 👁 139

IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATDAN OGʻIR DEB TOPILGAN OVUL VA MAHALLALAR MASʼULLAR TOMONIDAN OʻRGANILMOQDA

IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATDAN OGʻIR DEB TOPILGAN OVUL VA MAHALLALAR MASʼULLAR TOMONIDAN OʻRGANILMOQDA

Prezidentimizning 2020-yil 11-noyabrdagi «2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari va boshqa masʼullar tumanimizga tashrif buyurib, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni tizimli oʻrganishmoqda. Qaror ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirib, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etishda yaqindan koʻmak berishmoqda.

Joriy yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi Boriy Alixanov ham Amudaryo tumanida boʻlib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, tumanning sharoiti ogʻir ovul va mahallalarda yashayotgan aholi hayoti bilan tanishdi. Senator Amudaryo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir deb topilgan 3 ta ovul va mahallalar masʼullari bilan uchrashdi.

Amudaryo tumanida 3 ta, yaʼni Qipchoq ovuli, Namuna, Chordara mahallalari ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir deb topilgan. Ushbu mahallalardagi ijtimoiy soha obʼektlari va infratuzilma obʼektlarining holatini yaxshilash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Bu boʻyicha bosh rejalar ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur fuqarolar yigʻinlaridagi maʼmuriy binolarda rekonstruktsiya va joriy taʼmirlash ishlari bajarilishi belgilangan. Undan tashqari, ushbu hududlarda joylashgan koʻp qavatli uylarning tom qismini mukammal taʼmirlash, bolalar maydonchasi va xojatxonalarni yangidan qurish ishlarini bajarish kabilar rejaga kiritilmoqda. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida ovul va mahallalardagi ichki koʻcha yoʻllarini taʼmirlash, piyodalar yoʻlakchasini qurish koʻzda tutilmoqda.  Ayniqsa, elektr taʼminotini yaxshilash, mavjud gaz tarqatish punktlarini mukammal taʼmirlash, hududlardagi aholi xonadonlariga yuqori tezlikdagi internet va aloqa tarmoqlarini tortish kabilarga alohida eʼtibor qaratilib, bu boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.

Senator tumandagi masʼullar bilan birgalikda har bir hududdagi holatni, mavjud shart-sharoitni koʻzdan kechirib, oʻrganib chiqdi. Ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir deb topilgan mazkur hududlardagi fuqarolar yigʻinlari masʼullari bilan boʻlgan uchrashuvda aholini qiynayotgan muammolar, ularga yechim topish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar bilan qiziqdi. Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni esa bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi.

19-yanvar kuni tumanimizga tashrif buyurgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Zuhra Reymova ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir deb topilgan Qipchoq ovuli, Namuna, Chordara mahallalari masʼullari bilan uchrashdi.  Hududlarda yashayotgan aholi turmush darajasini oʻrganib, ularning yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan qiziqdi. Uchrashuv davomida Prezidentimizning «2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlash borasidagi amaliy ishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu Qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanda bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-2022-yillarda jami 77 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularga 457 mlrd. 460 mln. soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan. Shundan 141 mlrd 171 mln. soʻm tadbirkorlarning oʻz mablagʻi, 13 mlrd 810 mln. soʻm bank kreditlari, 17 mln 810 ming dollar xorijiy kredit liniyalari mablagʻlari, 11,5 mln. dollar esa xorijiy investitsiya mablagʻlaridir. Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 2 616 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.

Zuhra Reymova tumandagi masʼullar bilan birgalikda qator investitsiya loyihalarini koʻzdan kechirdi. Tadbirkorlar bilan muloqot qilib, loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni muhokama qildi.  Kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarga ijobiy yechim topish borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, takliflar berdi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026