21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 17:41
Adabiyot 👁 260

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Uzatilayotgan qizga

Ketmoqdasan uying tashlab,

Ota-onang koʻzin yoshlab.

Taqdiringga shu yozilgan,

Muhr boʻlib xoʻp bosilgan.

Qanday erur yangi uying,

Shu haqdadir fikr-u oʻying.

Ketgaysan-yey tashlab tomir,

Eshilib yur, misli xamir.

Ortda qoldi erkaliging,

Ukanglarga serkaliging.

Kelin oʻrni mudom pastda,

Oʻxshaydursan goh choʻp-xasga.

Bekachlaring boʻlsa agar,

Sinasharlar har tong-sahar,

Tengdoshlardan olib oʻgit,

Toʻy kechasi kuyov yigit,

“Siz”ni qoʻyib, “sen” deyar,

“Xoʻjayining men” deyar.

Qaynonangda taʼna gap koʻp,

Topishmoqli maʼno gap koʻp.

Til uchida deydi: “qizim,

Ikki qilma aytgan soʻzim”.

Biz ham kelin boʻlganmiz, der,

Yashnab hamda soʻlganmiz der.

Oson emas boʻlmoq maʼqul,

Kutgil doim, piching, aql.

Qaynotang ham gʻalat odam,

Aytganimda yoʻqdir xatom.

Goh-gohida aynib turar,

Dashnom berar, ham doʻq urar.

Xullas, kelin boʻlmoq qiyin,

Baʼzan bahong toʻqson tiyin.

Shu taxlitda kunlar oʻtib,

Jim yurolsang chiqqung yutib,

Unib-oʻssang shudir baxting,

Onaliging – oltin taxting.

Ulgʻayishib soya boʻlar,

Suyanmoqqa qoya boʻlar.

Koʻkragingga tegar oftob,

Yurisharlar seni maqtab.

Orom olar asablaring,

Unutilib azoblaring.

Esda tutgil shuni zinhor,

Bunday qismat ayolda bor.

Shunday boʻlgan, qolar abad,

Oy oʻn beshi yorugʻ, albat.

Nasihat shu: sabrli boʻl,

Tiling emas, yugursin qoʻl.

Erinmasdan etsang xizmat,

Topadursan har on izzat.

Maqtov, olqish senikidir,

Quruq rahmat menikidir.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV, faxriy jurnalist.

 

ARMONSIZ QIZ

(Uzatilayotgan qizga)

Dugona, doʻstiga soʻzi botmasa,

Ishongan yoridan jafo totmasa,

Chiqoni bir kuni sirin sotmasa,

Armoni bormikan, shunday qizning ham?!

 

Etagin oʻpsalar gullar soʻqmoqda,

Yigitlar toʻlgʻonsa ishqiy qiynoqda,

Aka togʻdek tursa kerakli chogʻda –

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

 

Toʻyida baxt tutsa ich-u tashini,

Onasi ardoqlab artsa yoshini,

Otaning koʻksiga qoʻysa boshini

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

 

Tezda kechirsalar boʻlsa xatosi,

Aylanib-oʻrgilsa, singil – opasi,

“Oʻzimning qizim!” deb tursa otasi,

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

 

Bahorda etsa gul sarmast dimogʻin,

Yigitlar tush koʻrsa lola yonogʻin,

Murabbiy onadek ochsa quchogʻin,

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

 

Ona kabi bilsa,sevsa elini,

Xizmatga shay tursa sirib belini,

Momolar istasa qilmoq kelini,

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

 

Yo RABBIY! Jannatning mevasi – Udir!

Sheʼrimning gʻaybona egasi – Udir!

Salomchining orzu-havasi – Udir!

Armoni bormikan, shunday qizning ham!?

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

Yangi yil tongida

Yana mamlakatning bir tongi otdi,

Qancha “xayr” oʻtdi, boshlandi “salom”.

Tiriklik shukriga qoʻshilar yana,

Tongda yaqinlardan kelgan har paygʻom.

 

“Omad olib kelsin yangi yilimiz”,

Uygʻonar shu niyat bilan odamlar.

Har kimni shu tongda koʻngliga olgan,

Zafarlarga eltsin bosgan qadamlar.

 

Qanday el boʻlsa-da, ertasi porloq

Agar qoʻllasa yosh avlodlarini.

Marra biznikidir tarbiya qilsak

Yurtning Alpomish-u Farhodlarini.

 

Xalqimiz sogʻligi boʻlsin mustahkam,

“Sogʻ tanda – sogʻ aql” deydilar axir,

Agarda kuch bilan aql birlashsa,

Buyuk xalq qudrati boʻladi zohir.

 

Ravon yoʻl qadrini bilganlar uchun,

Aynan ushbu kundir shodlik ayyomi –

Toʻqson yildan keyin yana boshlandi,

Turksib yoʻllarining yangi davomi.

 

Koʻprik qurilmoqda daryoga jadal,

Rahbarlar bu ishda koʻrsatib sabot.

Shu sabab birlashgan ikkala elning,

Hayoti boʻladi yanada obod.

 

Ezgu niyat boʻlsa hamma qalblarda

Qari-yosh – hammaning baxti kulajak.

Albatta, orzular amalga oshib,

Barimizni kutar porloq kelajak!

A.Nafasov.

ERTAKLARNI SOGʻINIB

Esimda, bir paytlar dilkash momolar,

Erinmay gʻaroyib ertak aytardi.

Unda oshiq yorin, botir oʻz elin,

Yovlardan qutqarib, yengib qaytardi.

Behisob boyligin qizgʻongan xasis,

Saxiylar oldida mulzam boʻlardi.

Ezgulik parisi doimo gʻolib,

Yosuman hasaddan kuyib oʻlardi.

Ertaklarni tinglab, yaxshilik tilab,

Ulgʻaydik, u damlar endi qaytmaydi.

Bolalar telefon oʻynab, momolar

Serialga ishqiboz, ertak aytmaydi.

Ertaklar poklikka yetaklar edi,

Ne bilsak, barini rostiga yoʻydik.

Aqlimiz shunchalar oʻzib ketdimi,

Nechun ertaklarga ishonmay qoʻydik.

Tilagim, farzandlar Vatanni sevib,

Tohir kim, Zuhro kim, bilib yashasin.

Ular har jabhada fidoyi boʻlib,

Botirlarga havas qilib yashasin.

Ulugʻlar loqayd-u, boshqalar befarq

Boʻlavermay oʻylang ertangingizni.

Momolar, turli xil ermakni qoʻyib,

Bolalarga ayting, ertagingizni.

Oʻrozali REYIMOV.

 

Duosini ol

Bu dunyo rohatin koʻrayin desang,

El ichra hurmatda yurayin desang.

Qaddingni tik tutib turayin desang,

Avvalo otangning duosini ol,

Keyinidan onangning rizosini ol!

 

Qulingni sotgin-u qul boʻlgin oʻzing,

Hamisha xizmatin oʻzing qil, oʻzing.

Shirinsuxanlikda boʻlsin har soʻzing,

Avvalo otangning duosini ol,

Keyinidan onangning rizosini ol!

 

Bir parcha etlikdan oʻstirgan seni,

Dovuldan, shamoldan asragan seni.

Ne bir azoblarda oʻstirgan seni,

Avvalo otangning duosini ol,

Keyinidan onangning rizosini ol!

 

Hademay qaytadi oʻzingga bilsang,

Yaxshimi, yomonmi xizmatin qilsang.

Tanangga oʻylab koʻr, oʻzingga kelsang,

Avvalo otangning duosini ol,

Keyinidan onangning rizosini ol!

 

Ey farzand! Hammasi Qodir Xudodan,

Bu soʻzlar merosdir, Odam Atodan.

Saqlanib yurgaysan har dam xatodan,

Avvalo otangning duosini ol,

Keyinidan onangning rizosini ol!

Farhod Avezov, Namuna MFY.

 

Qish

Qishda keladi uyga,

Qorbobo mehmon boʻlib.

“Sogʻ boʻlinglar bolalar”,

Deydi Qorqizcha kulib.

 

Chugʻurlashib koʻchada,

Qorboʻronlar oʻynaymiz.

Qiziqarli oʻyinlar,

Oʻynashdan toʻxtamaymiz.

Iroda BAHROMOVA,

76-maktab oʻquvchisi.

 

Shukrona

Dildan shukur qilamiz,

Ozod, hur zamon uchun.

Quvonchlarga toʻlamiz.

Osuda osmon uchun!

 

Shunchalar baxtiyormiz,

Rizq-roʻzimiz butundir.

Halol mehnatga yormiz,

Dasturxonlar  toʻkindir!

Fazilat YOʻldOsheva, 22-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026