Yoşlar bilan uçraşuvlar ötkazildi
Yoşlarning bandligini taʼminlaş, muammo va takliflarini örganiş, qöllab-quvvatlaş hamda ularga munosib şart-şaroitlar yaratib beriş maqsadida muntazam ravişda uçraşuvlar ötkazib kelinmoqda. Ötgan yilning 25-dekabr kuni mamlakatimizda ilk bora ötkazilgan “Yoşlar forumi”da Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, Uçinçi Renessansni barpo qiliş uçun şaroitlar yaratiş, yoş volontyorlar faoliyati, yoşlar bilan işlaş böyiça Toşkent tajribasi, «Yoşlar: 1+1» dasturi, Yoşlar kiçik sanoat zonalari, «Yoşlar murojaati» elektron platformasi va bu borada amalga oşiriladigan işlarga töxtalgan edi.
Uşbu munosabat bilan Amudaryo tumaniga Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Abat Daniyorov taşrif buyurdi. Taşrif davomida mehmonlar tumanda yangidan barpo etilayotgan “Yoşlar mehnat guzari”ni közdan keçirib, uning quriliş jarayonini hamda u yerda yoşlarga yaratilayotgan şart-şaraoitlar bilan yaqindan tanişdi.
Şundan keyin tuman hokimligi majlislar xonasida 4 ta sektor rahbarlar hamda hamkor taşkilotlar bilan birgalikda “Yoşlar daftari”ni yuritiş, uşbu daftarga kiritilgan yoşlarni iş bilan taʼminlab, turmuşini yaxşilaş, faolligini oşiriş yuzasidan suhbat ötkazildi.
Har bir yoşga 1 gektar loyihasi, «Yoşlar: 1+1» dasturi, Yoşlar kiçik sanoat zonalari, «Yoşlar murojaati» elektron platformasi, yoşlar bilan işlaş böyiça Toşkent tajribasini qöllaş böyiça hamkor taşkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tadbirlar rejasini kelişib oldilar. Bundan taşqari, umumiy örta taʼlim maktablari boşlanğiç taşkilotlari yetakçilari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida «Yoşlar: 1+1» dasturi doirasida işsiz va uyuşmagan yoşlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitişni taşkil etiş masalasi muhokama qilindi.
Yiğilişda «Har bir tadbirkor-yoşlarga madadkor» tamoyili asosida 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan işsiz yoşni biriktiriş taşabbusi köplab tadbirkorlarimiz tomonidan faol qöllab-quvvatlandi. «Hunarli kişi xor bölmas», deydi dono xalqimiz. Ammo keyingi paytlarda yoşlarning mohir hunarmandlar qölida kasb-hunar örganişiga yetarli eʼtibor berilmayotgan edi. Vaholanki, ustoz körgan öğil-qizlarimiz ular munosib bölişga intiladi, ularning kömagi bilan hayotda öz örnini topadi. Şu bois, hududlarda «ustoz-şogird» anʼanasini kuçaytirişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu işga jalb etiladigan hunarmand ustalarni Aholi Bandligiga kömaklaşiş jamğarmasidan moddiy rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi.
Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarma boşliği Abat Daniyorov taşrifi davomida Amudaryo tumanida yangidan “Yoşlar markazi” binosi barpo etiladigan yer maydonini közdan keçirdi. Tuman arxitektura va quriliş bölimi boşliği Botir Atabullayev hamda Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi Amudaryo tumani bölim boşliği Jasur Davletovlar mehmonga bu yerda amalga oşiriladigan quriliş işlari haqida maʼlumotlar berdi.
Yoşlar – yurtimiz kelajagi. Ularning munosib şaroitlarda öqişi, işlaşi doimo davlatimizning eʼtiborida. Öz navbatida yoşlarimiz ham bunday yuksak eʼtibordan töğri foydalanib, yurtimiz kelajagiga munosib hissa qöşişlari lozim.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶