SEKTOR RAHBARI QILIÇBOYLIK YoŞLAR BILAN UÇRAŞDI
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining salmoqli qismini taşkil etadigan yoşlarning hayotda öz örinlarini topişi, öqişi va munosib şaroitlarda mehnat qilişi, yaşaşi uçun ğamxörliklar körsatiş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi.
Qiliçboy ovul fuqarolar yiğinida Davlat xavfsizlik xizmati, tuman hokimining örinbosarlari, korxona-taşkilotlar rahbarlari iştirokida tuman prokurori rahbarlik qiladigan 2-sektor işçi guruhi aʼzolarining ötkazgan “Prokuror va yoşlar uçraşuvi” ham yoşlar muammolarini örganiş, ularning orzu-intilişlari bilan tanişib, qöllab-quvvatlaş maqsadlariga qaratildi.
Uçraşuvga 38 nafar ovul yoşlari va fuqarolar iştirok etdilar.
Uçraşuvni tuman prokurori Javlonbek Muftullayev oçdi va ovulning işsiz yoşlarining bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qiliş, ularning muammolarini örganiş va imkon qadar joyida hal qiliş, yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, qobiliyatlarini namoyon etişlariga şaroit yaratiş maqsadida jonli muloqot taşkil etilganini, mamlakatimiz rahbari muhtaram Şavkat Mirziyoyevning “Yangi Özbekistonni, albatta, yoşlar bilan birga quramiz” deya ularga yuksak işonç bildirganini, qiliçboylik yoşlar ham ana şu işonçga munosib bölmoği lozimligini taʼkidladi.
Şuningdek 2-sektor işçi guruhi aʼzolari ham sözga çiqib, yoşlar hayotidagi muammolarni örganiş va hal etiş borasidagi olib borilayotgan işlar hamda yoşlarning odob-ikromli bölişi, muomala, kiyiniş madaniyatiga amal qilişi, jamiyatda yuriş-turişi bilan boşqalarga örnak bölişi lozimligi xususida tarğibot-taşviqotlar olib borilayotganligi haqida gapirdilar.
Şundan söng, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Javlonbek Muftullayev uçraşuvga kelgan yoşlar bilan yuzma-yuz suhbat ötkazdi va murojaatlarini tingladi.
Hudud yoşlari yoşlar sanoat zonasidan tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun yer va imtiyozli kredit olişda, kasbga öqitiş masalasida, tikuvçilik tsexi oçişi uçun imtiyozli kredit olişda va boşqa masalalarda amaliy yordam sörab murojaatlar qilişdi.
Şuningdek, yoşlar parrandaçilik, çorvaçilik yönalişida tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyib, öz-özini band qiliş uçun kredit olişda, kasbga tayyorlaş yuzasidan yordam söradilar.
Yoşlarning murojaatlarining ayrimlari joyida hal etildi, ayrimlarini hal etiş yuzasidan tegişli masʼullarga topşiriq berildi va ijrosi 2-sektor işçi guruhi nazoratiga olindi, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi.
Uçraşuvda iştirok etgan tumandagi korxona, taşkilotlar, tijorat banklar filiallari rahbarlari tegişliligi böyiça yoşlarning savollariga javoblar berdilar.
Uçraşuv söngida tuman prokurori Javlonbek Muftullayev dehqonçilik bilan şuğullaniş istagini bildirgan bir guruh işsiz yoşlarni hududdagi ajratib berilişi mumkin bölgan yerlar haritasi bilan taniştirdi.
Yoşlar hayotiga yoki ular yaşayotgan hududlarga daxldor muammolarni aniqlaş va hal etişga kömaklaşiş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişlariga kömaklaşiş, fikr-takliflarini tinglaş va qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan “Prokuror va yoşlar uçraşuvi” qiliçboylik yoşlarga yuqori mativatsiyalar berdi, orzu-istaklari sari dadil intilişga çorladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶