IQTISODIY SUDLARDA SUD QARORLARINI QAYTA KÖRIŞ INSTITUTI TAKOMILLAŞTIRILDI
Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini çuqur isloh etiş va liberallaştiriş, sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini, sudlar faoliyatining oçiqligi va şaffofligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining işonçli himoyasini taʼminlaş, aholining odil sudlovga bölgan işonçini oşiriş böyiça keng miqyosli işlar amalga oşirilmoqda.
Aynan mavzu bilan boğliq, yaʼni sud qarorlarini qayta köriş institutini isloh etiş va uni yanada takomillaştirişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni katta ahamiyat kasb etdi. Farmonga asosan 2021-yilning 1-yanvaridan boşlab, viloyat va unga tenglaştirilgan fuqarolik işlari böyiça, jinoyat işlari böyiça sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan va sud işlarini yuritiş turlari böyiça alohida sudlov hayʼatlarini taşkil etgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar umumyurisdiktsiya sudlari taşkil etildi.
Uşbu sudlarga tumanlararo, tuman, şahar sudlarining qarorlarini apellyatsiya tartibida qayta körib çiqiş vakolati berilib, viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarning birinçi instantsiya sudida va apellyatsiya tartibida körib çiqilgan sud qarorlarini kassatsiya tartibida köriş vakolati Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlariga ötkazildi. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida körib çiqilgan işlar böyiça çiqarilgan sud qarorlarini Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Boş prokurori va ular örinbosarlari protestiga köra kassatsiya tartibida takroran körib çiqilişi belgilab berildi.
Sud işlarini nazorat tartibida köriş instituti tugatilib, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Boş prokurori va ular örinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritiş huquqi bekor qilindi.
Farmonda belgilangan vazifalarga asosan Özbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvar kungi Qonuniga köra sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining tegişli moddalariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
Uşbu Qonunda yuqoridagi Farmonda körsatilganlaridan taşqari, yangi qoidalar ham nazarda tutildi. Unga köra prokurorning protest keltiriş vakolatlari qisqartirilib, faqat prokuror iştirokida körilgan işlar böyiça, şuningdek taraflarning murojaati mavjud bölgan taqdirdagina apellyatsiya va kassatsiya protestlarini keltiradi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil nafaqat kassatsiya şikoyati, balki apellyatsiya şikoyatini ham berişi mumkin. Alohida hollarda apellyatsiya va kassatsiya instantsiyasi sudlarida işlarni körib çiqiş muddati oldingidek sud raisi tomonidan emas, balki işni körayotgan sudlov hayʼati tomonidan köpi bilan bir oyga uzaytiriladi.
Şuningdek, kassatsiya şikoyati apellyatsiya instantsiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil içida beriladi. Sud hujjati ustidan kassatsiya şikoyati iş apellyatsiya tartibida körilgandan söng beriladi. Uşbu qoidaga rioya etmaslik kassatsiya şikoyatini iş yuritişga qabul qilişni rad etilişiga sabab böladi.
Bu kabi özgarişlar va kiritilgan qöşimçalar sud işlarini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.
Q.Xojamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶