ÖQUVÇI-YoŞLARNI KASB-HUNARGA YÖNALTIRIŞ – DAVR TALABI
Kasb - inson ziynati. Bu ziynatni şakllantirişda har bir şaxsning individual qobiliyatini, xususiyatlarini, moyilliklarini, qiziqişlarini inobatga olib, kelajakda yetuk inson bölib yetişişiga kömaklaşiş, psixologik maslahatlar beriş bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada maktab psixologlari öquvçilarga yaqindan yordam berib, ularga töğri yöl körsatuvçi, kelajakda öz kasbining mohir ustasi bölişida zamin yaratuvçi muhim vositaçidir. Kasb inson ziynati bölibgina qolmasdan, kamolotga eltuvçi, yoşlarning kelajagini yoritib beruvçi yorqin yöldir. Kasblar dunyosiga nazar solar ekansiz, har bir kasbning öziga yaraşa mehnati, maşaqqati borligining guvohi bölasiz.
Ösmirlik yoşi özlikni anglaş va öz dunyoqaraşini şakllantiriş davri. Şu davrda ösmirni “Men kimman? Qanday odamman? Nimaga intilayapman?” degan savollar qiziqtira boşlaydi. Özlikni anglaş – bu içki dunyosini kaşf qiliş, bu haqda yaxlit bir tasavurga ega böliş, öz-öziga hissiy munosabatda böliş, aqliy, axloqiy va idoraviy sifatlarni baholaş (öz-özini baholaş)dir.
Kasb tanlaşda ikkilanayotgan öquvçilar bilan ham maslahatlar olib boriş kerak böladi. Ularga tavsiya berişda qobiliyatlarini, qiziqişlarini, sogligini inobatga oliş zarur. Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan taşkil etiladigan böş iş örinlari yarmarkasi xabarlarini gazetalar orqali tahlil qiliş juda foydali.
Maktabni tugatayotganda kasb tanlaşingiz sizning taqdiringizni hal qilib qöymaydi. Navbatdagi tanlovingizdagi özgarişlar sizni fanlar aro faoliyat böyiça qimmatli mutaxassis qilib tayyorlaydi. Birinçi kasbingiz, garçi keyinroq undan voz keçsangiz ham, undan qiziqroq kasbni topsangiz ham, hayotning kutilmagan holatlarida sizga asqotişi mumkin. Ayollar uçun tikuvçi, oşpaz, qandolatçi, erkaklar uçun çilangar, elektr payvandlovçi, haydovçi va boşqa turdagi kasblar oilada va hayotda asqotişi mumkin. Şuning uçun bunday kasblarni egallaş foydadan holi emas.
Har bir muvaffaqiyatning zamirida qiyinçiliklar yotadi va bu qiyinçiliklarni albatta yengiş kerak. Buning uçun özingizda xohiş, intiliş bölişi talab qilinadi.
Aziz öquvçi, faqat olga yur! Töxtab qolma, özingni-özing rağbatlantirib bor! Har bir yutuğingdan faxrlan! Kamçiliklaringni tuzatişga harakat qil. Özingga har doim» meni heç kim maqsadim yölida töxtatib qololmaydi, men albatta ğalaba qozonaman!» deb takrorlaşdan çarçama!
Unutmaki, ötmişda yoki hozirda kim bölganing muhim emas, kelajakda kim bölişing muhimdir! Kelajaging - öz qölingda!
Muhayyo ÖRINBOYeVA,
70-sonli maktab psixologi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶