Amudaryo tumani hokimligining rasmiy munosabati
2021-yil 9-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolarning Amudaryo tumani hokimligi binosiga kelib, Manğit dehqon bozori hududida savdo qilişlari uçun tösqinlik qilinayotganidan noroziligi bayon qilingan videomurojaat tarqaldi.
Videomurojaatda dastlab hokimning iş xonasida yöqligidan şikoyat qilingan. Tuman hokimi S.Yöldaşev şu paytda 82-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Sektor rahbarlari va yoşlar uçraşuvi”da iştirok etayotgan bölgan. Uçraşuv tugaganidan keyin hokim iş xonasiga kelib, hokim örinbosarlari, bozor maʼmuriyati, tuman Davlat soliq inspektsiyasi va boşqa tegişli mutassadilar iştirokida murojaatçi ayollar bilan uçraşdi.
Murojaat qilgan fuqarolarga bozor hududidagi piyodalar yuriş yölakçasida noqonuniy savdo faoliyatini amalga oşiriş yölovçilarning ötişlariga tösqinlik qilişi, qolaversa, tegişli hujjatlarsiz savdo qiliş qonunga zid holat hisoblanib, bozor hududida savdo faoliyatini amalga oşiriş uçun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yoki yuridik şaxs taşkil qilgan holda röyxatdan ötib, belgilangan tartibda va maxsus ajratilgan örinlarda savdo qiliş lozimligi tuşuntirildi.
Şuni ham aytiş kerakki, baʼzi savdogarlarning noqonuniy faoliyat yuritişi, soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölamasligi bozorda raqobat muhitining buzilişiga, arzon va sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning sotilişi esa isteʼmolçilarning zarar körişlariga sabab böladi. Şu sababli ham tuman davlat soliq inspektsiyasiga isteʼmolçilar va “Manğit dehqon bozori” MÇJ hududida qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan bir neça marta murojaatlar kelib tuşgan.
Murojaat qilgan fuqarolarga bundan keyin belgilanmagan örinlarda (piyodalar ötiş yölakçalari, avtomobillar töxtab turiş joylari va h.k) savdo qilişga yöl qöyilmasligi, tegişli hujjatlarsiz savdo qiliş esa belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab bölişi tuşuntirildi.
Mazkur fuqarolarga savdo faoliyatini amalga oşiriş uçun “Manğit dehqon bozori” MÇJ maʼmuriyati tomonidan tegişli savdo pavilonlaridan joy ajratilişi maʼlum qilindi.
Amudaryo tumani hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶