25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:38
Jamiyat 👁 237

AJDODLARIMIZ HAYoTI BIZ UChUN IBRAT

AJDODLARIMIZ HAYoTI BIZ UChUN IBRAT

Atoqli sharqshunos N.Veselovskiy taʼbiri bilan aytganda “Botirligining cheki boʻlmagan, butun hayoti jasorat namunalari bilan toʻlib-toshgan” bobomiz, shoh va shoir Bobur Mirzo tavallud topganlariga bu yil 14-fevralda 538-yil toʻladi.

Temuriylar sulolasidan boʻlgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti mashaqqatlar, qiyinchiliklar, taxt uchun kurashlar silsilasida kechgan. Otasi Umarshayx Mirzo vafot etganlarida 11 yoshdan 12 yoshga qadam qoʻygan Bobur Mirzo  Andijon taxtiga vorislik qildi, taxt uchun kurash boshlagan Sulton Ahmad va Sulton Mahmudlarga qarshi kurashish, taxtni himoya qilish uning chekiga tushdi. Oqilligi, Tangrining inoyati bilan jangda qoʻli baland keldi. Lekin taqdir uning gardaniga mashaqqatli kechmishlarni yuklagan edi.

Andijonning qoʻldan ketishi, Samarqand taxti uchun kurashlar....

Oxir-oqibat Bobur Mirzo oʻzining xos askarlari bilan Kobulga yoʻl olib, 1503-yilda Kobul va Gʻaznani egalladi.

1507-yildan Hindistonni zabt etishga harakat boshlaydi va 1526-yilda kuchli jang sirlarini egallagan,  yillar davomida erishgan tajribasi, taqdirning achchiq saboqlaridan xulosa chiqargan vatandoshimiz  “Buyuk moʻgʻul imperiyasi”  deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bu imperiya Hindiston tarixida juda katta ijobiy oʻrin tutadi. Adolatli qonunlar chiqargan Bobur mamlakatdagi din-mazhab janjallarining oldini oldi, gʻayridinlik soligʻini bekor qildi, ayollarni oʻlgan eri bilan tiriklay yoqishni taʼqiqladi, kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim va fozil insonlarni toʻpladi. Oʻz Vatanini sogʻingan Bobur Hindistonda ham Movarounnahrnikiday ajoyib bogʻlar  yaratdi. Lekin 1526-yilda dushmanlari tomonidan zaharlangan Bobur Mirzo 1530-yil 26-dekabrda, Agrada vafot etadi, keyinchalik uning xoki vasiyatiga koʻra, Kobulga koʻchiriladi. Boburning Humoyun, Hindol, Komron, Askariy ismli oʻgʻillari, Gulbadanbegim, Gulchehrabegim, Gulrangbegim ismli qizlari boʻlgan. Komron Mirzo va Gulbadanbegim ijod bilan shugʻullangan. Bobur avlodlari boʻlgan Akbarshohni, Shohjahon qurdirgan Tojmahalni, shoira Zebunnisobegimni butun dunyo biladi.

Boburning ijodiy merosi salmoqli boʻlib, uning 20 yoshida “Xatti Boburiy”ni yaratib, yangi yozuvni kashf qilgani butun dunyoga maʼlum. Undan tashqari, “Harb ishi”, “Musiqa ilmi”, “Mubayyin al-zakot”, “Boburnoma” va sheʼriy devonlar Bobur Mirzoning yuksak iqtidoridan dalolatdir.

Sheʼriyatda Vatan sogʻinchi, taqdir mashaqqatlari, yor  hajri, doʻstlar diydori kabi mavzularda qalam tebratgan Bobur “Boburnoma”da Movarounnahr, Xuroson, Hindistondagi oʻzi koʻrgan va eshitgan voqealarni bayon qiladi. Asarni oʻqigan inson koʻz oʻngida  oʻsha davr voqealari jonlanadi. Tarixiy va mashhur shaxslar bilan tanishadi, tarixiy va ilmiy maʼlumotlarga ega boʻladi.

Bizning 40-sonli maktabimizda 5-15-fevral kunlari “Navoiy va Bobur kunlari” deb belgilandi. Shu munosabat bilan ijodiy kechalar, gʻazalxonlik va bahr-u bayt tanlovlari, ochiq darslar tashkil qilindi. Ushbu tadbirlar davomida oʻquvchilarga ulugʻ ajdodlarimizning hayoti va ijodi haqida keng maʼlumotlar berildi.

Qisqa qilib aytganda, temuriylar avlodidan boʻlgan Mirzo Boburning yaratuvchanligini, ona yurtiga muhabbatini, ilmga va sheʼriyatga boʻlgan intiluvchanligini bugungi yoshlarimizga ibrat qilsak arziydi.      

 Iqboloy Yusufova, 40-sonli maktabning

ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026