25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 11:39
Jamiyat 👁 270

IKKI BUYuK ShOIRGA EHTIROM KOʻRSATILDI

IKKI BUYuK ShOIRGA EHTIROM KOʻRSATILDI

Har yili yurtimizda fevral oyi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga boy boʻladi. Shu oyda oʻzbek tilining  asoschisi,  klassik adabiyotimizning mumtoz vakili Alisher Navoiy va buyuk sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan. Sanalar munosabati bilan Navoiyxonlik, Boburxonlik kechalari, ularning hayoti va ijodi bilan yoshlarni yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida adabiy kechalar oʻtkazilishi anʼanaga aylanib qolgan.
Shu yilning 9-fevralida Mangʻit shahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ham Alisher Navoiy tavallud topgan kunga bagʻishlanib, “Buyuk daho” nomli adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.
Tuman Madaniyat boʻlimi madaniyat markazi va 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamkorligida tashkillashtirilgan ushbu  tadbir tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Nasiba Eshchonova stsenariysi asosida tayyorlandi va boʻlim xodimi Oybek Begimov  olib bordi.
Alisher Navoiy hayoti va faoliyati, yaratgan bebaho asarlari, ularda ilgari surilgan gʻoyalarning ahamiyati haqida maʼruza tinglangach, oʻquvchilar ijrosida alloma bobomizning gʻazallari, ruboiylaridan parchalar oʻqildi. Shuningdek, tumanimiz sanʼatkorlari tomonidan Alisher Navoiy gʻazallariga kuy bastalangan qoʻshiqlar ijro etildi.
Alisher Navoiy faqat shoirgina emas, davlat arbobi, oddiy mehnatkash xalq gʻamxoʻri sifatidagi faoliyati ham tahsinga sazovordir.
U Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrda saroyda amaldor sifatida ilm  ahllariga rahnamolik qilish bilan birga madaniy taraqqiyotiga ham ulkan hissa qoʻshadi, oʻz hisobidan koʻplab masjid, madrasalar, hammom, koʻpriklar, yoʻlovchilar uchun bekatlar bunyod etadi, el maʼmurligi uchun kurashadi. Qisqa qilib aytganda, Alisher Navoiyning ijodi ham, hayoti ham ibratdir.
Ishtirokchilar bu borada tadbirdan ulkan taassurotlar oldilar, alloma bobomiz ijodi bilan yanada yaqinroq tanishdilar.
Ana shunday tadbirlarning biri 14-fevral kuni klassik adabiyotimizning yana bir yirik vakili, shoh va shoir, davlat arbobi, buyuk sarkarda Zahriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan oʻtkazildi.
“Shoh va shoir” deb nomlangan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkaziladigan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomoshalar zali tadbir mavzusiga xos bezatilganligining oʻziyoq kishi eʼtiborini tortadi. Sahna toʻridan Boburning ulkan portreti joy olgan, sahna devorlarida ruboiylari, gʻazallari yozilgan plakatlar osilgan.
Tadbir ikki nafar boshlovchilarning Bobur hayoti, ijodiga doir maʼlumotlar bilan tanishtirishidan boshlandi, dillarni erituvchi musiqa sadolari ostida Bobur hayotiga  doir sahna koʻrinishi namoyish etildi.
Shuningdek, shoir ijodidan ifodali oʻqilgan gʻazallar, ruboiylar ham barchaga oʻchmas taassurotlar baxsh etdi.
Oʻzbek klassik adabiyotimizning ikki buyuk namoyandasi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlari misli ilm-maʼrifat chashmasidir. Bu chashmadan bahramand boʻlgan kishi shuuri tobora oydinlashib boraveradi.
Shu bois ham oradan besh asrdan ziyod vaqt oʻtsa-da, hammamiz Navoiyni, Boburni oʻqiyveramiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026