VAFOT ETGAN ŞAXSNING HUJJATLARINI ÖZGARTIRIŞ FHDYo ORGANI TOMONIDAN AMALGA OŞIRILADI
Vafot etgan şaxsning FHDYo bölimi tomonidan qayd qilingan hujjatlariga tuzatiş va qöşimçalar kiritiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabr kungi 387-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş qoidalari”ning 148-bandiga muvofiq amalga oşiriladi. Dalolatnoma Özbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bölgan taqdirdagina undagi yozuvlarga özgartirişlar, tuzatişlar, qöşimçalar kiritiş yetarli asoslar mavjudligiga qarab, uşbu yozuvlar saqlanayotgan joydagi FHDYo organi tomonidan amalga oşiriladi. Buning uçun manfaatdor şaxslar örtasida ham nizo bölmasligi kerak.
Ön olti yoşga tölgan şaxslarning tuğilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga özgartirişlar kiritiş ularning arizasiga köra amalga oşiriladi.
Ön olti yoşga tölmagan şaxslarning tuğilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga özgartirişlar kiritiş ularning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining arizasiga köra amalga oşiriladi.
Dalolatnoma yozuvlariga özgartirişlar, tuzatişlar va qöşimçalar konsul yoki notarius tomonidan tasdiqlangan işonçnoma va ariza asosida amalga oşirilişi mumkin.
Ölim haqidagi dalolatnoma yozuviga tuzatişlar kiritiş yaqin qarindoşlar yoki merosxörlarning arizasiga köra FHDYo organi tomonidan amalga oşiriladi.
Vafot etgan şaxslarning tuğilganlik, nikoh tuziş, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlariga tuzatiş va qöşimçalar sud qaroriga asosan FHDYo organi tomonidan kiritiladi.
FHDYo organining dalolatnoma yozuvlariga özgartirişlar, tuzatişlar va qöşimçalar kiritişni rad etişi yuzasidan sud tartibida şikoyat qilinişi mumkin.
Sanobar Xolboyeva, tuman FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶