25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 10:16
Jamiyat 👁 219

MAHALLALARDA SUD-HUQUQ SOHASIDAGI OʻZGARIShLARNING MAZMUN-MOHIYaTINI TUShUNTIRISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

MAHALLALARDA SUD-HUQUQ SOHASIDAGI OʻZGARIShLARNING MAZMUN-MOHIYaTINI TUShUNTIRISh BOʻYIChA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Bugungi kunda mamlakatimizda sud-huquq tizimini chuqur isloh etish va liberallashtirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi qonunchilik jarayoni izchillik bilan takomillashtirilmoqda va yangilanmoqda. Shuningdek, sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida joylarda muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkazilib, aholining huquqiy bilimlari oshirilmoqda.
2021-yil 19-fevral kuni Beruniy, Navoiy nomli mahallalarda, shuningdek, Doʻstlik va Farovon mahallalarida ham Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyalari Q.Xojamurodov va B.Bekmurodovlar aholi bilan uchrashib,  sud-huquq sohasidagi oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazishdi. Sud sohasi masʼullari ushbu tadbirlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, sayyor sudlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi samarasi, olib borilgan targʻibot ishlari toʻgʻrisida axborot berdilar.


Mazkur tadbirlarda Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi aytib, aholining huquqiy savodsizligiga barham berish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan salmoqli ishlar qilinayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berish, ularni koʻrish tartibi, fuqarolik ishlarda prokurorning ishtiroki va vakolatlarini mahallalardagi aholiga batafsil tushuntirdi.


Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudining sudyasi Q.Xojamurodov Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi Qonuni bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Shuningdek, ushbu Kodeksning 25-moddasidagi iqtisodiy sudlarga taalluqli boʻlgan investitsiyaviy nizolar boʻyicha hamda raqobatga oid ishlar, ularning sudlovga tegishlilik masalalari, iqtisodiy ishlarda prokurorning vakolatlari haqida keng maʼlumot berdi. Undan tashqari, iqtisodiy sudlarda sud qarorlarining qayta koʻrilishi bilan bogʻliq Iqtisodiy protsessual kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida batafsil gapirdi.
Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi B.Bekmurodov esa Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi  Qonunining mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berdi. Jumladan, ushbu Qonunga asosan Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni batafsil tushuntirib, aholining huquqiy bilimlarini oshirdi.
Uchrashuvlarda sud-huquq sohasi masʼullari tomonidan aholini qiziqtirgan savollarga ham javoblar berildi. Sud sohasi masʼullari tomonidan oʻtkazilgan targʻibot tadbirlari aholining huquqiy bilimlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026