HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN SAYYoR QABUL ÖTKAZILDI
Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan Nukus şahrida ötkazilgan sayyor qabulda masʼullar Qoraqalpoğiston Respublikasi DXX Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilar hamda ularning oila aʼzolari bilan uçraşdi.
Tadbirda iştirok etgan masʼullar Qoraqalpoğiston Respublikasi DXX Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatçilarni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar xususida söz yuritdi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, eng avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qiliş, ularning dardu-taşvişlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxşi biliş kerakligi, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerakligini taʼkidladi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumani hokimining xotin-qizlar masalalari böyiça maslahatçisi, tumandagi Aholi bandligiga kömaklaşiş markazi, Içki işlar bölimi va harbiy qism masʼullari iştirok etib, harbiy xizmatçilar va ularning oila aʼzolari tomonidan qilingan murojaatlarning ijobiy hal qilinişiga kömaklaşdilar. Asosan imtiyozli uy-joy xarid qiliş uçun kredit oliş, xizmat joyini boşqa hududga özgartiriş, bandligini taʼminlaş va boşqa masalalarda bölgan murojaatlarga yeçim topiş böyiça tegişli mutasaddilarga topşiriqlar berildi.

D.Turumbayev, Nukus şahar harbiy prokuraturasi prokurori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶