MTT tarbiyalanuvçilari salomatlik va töğri ovqatlaniş tuşunçalariga ega bölişdi
Inson jismonan soğlom bölsagina, öz hayotini töğri yölga solaoladi, közlagan rejalarini tizimli amalga oşiradi. Şuning uçun ham xalqimiz «soğlik – yarim davlat», degan hikmatga amal qilişga intilib yaşaydi.
Haqiqatdan ham salomatlikdan ham uluğ boylik yöq, inson uçun. Ana şu uluğ boylikka erişişning birdan-bir omili – şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodni jismonan soğlom insonlar qilib tarbiyalaş, oilada ularning soğlom ovqatlanişini taşkil etiş, sanitariya-gigiyena talablariga mos şart-şaroitlar yaratiş bugungi kunda har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi «Aholining soğlom ovqatlanişini taʼminlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 4887-sonli Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida joriy yilning 19-fevral kuni tumanimizdagi 43-sonli Maktabgaça taʼlim taşkilotida tuman Salomatilk Markazi şifokori Tamara Saidova rahbarligida «Salomatlik – tuman boylik, soğlom ovqatlaniş – uzoq umr garovi» mavzusida tarğibot tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda mutaxassis şifokor Tamara Saidova şaxsiy gigena qoidalariga amal qiliş könikmasini bolalarga 4-5 yoşidan boşlaşning foydalari haqida batafsil töxtaldi. Xususan, bolajonlar uçun möljallangan tiş çötkalari, tiş pastalarining turlari, ayniqsa, tiş pastalarining bola oğiz böşliğiga taʼsiri, tişlarning soğlom bölişidagi ahamiyati, tişi soğlom bolaning salmatligida umuman muammo bölmasligi haqida batafsil maʼlumot berdi. Şu bilan birga, bolaning sut tişlari tuşib boşlagan paytda ota-onalar juda eʼtiborli bölişlari zarurligini taʼkidladi. Yaʼni, bolaning töğri ovqatlanişiga alohida ahamiyat qaratiş, haddan taşqari köp şirinliklar isteʼmol qilişlari, energetik suvlar (Coca cola, Pepsi cola, Fanta)ni meʼyordan ortiq içişlariga, şuningdek, sut tişlari örniga yangi tişlar çiqayotgan paytda qattiq narsalar (turli meva danaklari, bodom, novvot)ni tişlarida ezib yeyişlariga yöl qöymaslik xususida zarur tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida Tamara Saidova MTT xodimlarining savollariga ham batafsil javob berdi. Xususan, bolaning ruhiy tetikligiga erişiş maqsadida unda har kuni şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş könikmasini hosil qiliş muhimligini taʼkidladi. Bunda bola har kuni bir vaqtda uyqudan uyğonib, eng avval yuz-qölini, tişlarini yaxşilab yuvişga odatlanişi, injiqlik qilmasdan, ertalabki nonuştani iştaha bilan tamaddi qilib, atrof-muhitning doimo ozoda bölişiga eʼtibor qaratişga örganişi muhim ahamiyatga ega bölib, bolaning öz ust-boşi, ötiradigan örni, öyinçoqlarining toza bölişiga odatlanişi uning kelajakda saranjom-sarişta, ozoda va intizomli inson sifatida voyaga yetişida muhim örin tutişini misollar orqali tuşuntirdi.
Tadbir davomida bolajonlar tozalik, yoqimli iştaha, soğlik tuşunçalariga ega bölişdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶