22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:29
Siyosat 👁 288

IJRO INTIZOMINI YaNADA MUSTAHKAMLASh YuZASIDAN RESPUBLIKA MIQYoSIDAGI OʻQUV-AMALIY SEMINARI OʻTKAZILDI

IJRO INTIZOMINI YaNADA MUSTAHKAMLASh YuZASIDAN RESPUBLIKA MIQYoSIDAGI OʻQUV-AMALIY SEMINARI OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga masʼul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy masʼuliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

1-mart kuni Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida oʻtkazilgan ushbu oʻquv-amaliy seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼullari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev qatnashdi. Shuningdek, Respublika hududidagi boshqa vazirliklar, davlat organlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, barcha tumanlar masʼullari ishtirok etdilar. 

Videokonferentsaloqa tarzida oʻtgan oʻquv-amaliy seminarda dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri oʻrinbosari Mansurbek Jumaniyozov maʼruza qildi. Taqdimot materiallari asosidagi maʼruza davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari hamda topshiriqlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ijrosi holati va barcha darajadagi rahbarlar masʼuliyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Prezidentimizning “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mazmun-mohiyati va joriy etilgan yangi tizimning alohida jihatlari haqida maʼruza qildi. Maʼruzalardan keyin seminar ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.

Seminar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi inspektori Baxtiyor Yunusovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Hisob palatasiga yuklatilgan vazifalar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi oʻrinbosari Oleg Andreyevich Pekosning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi toʻgʻrisidagi maʼruzalari tinglandi. Ushbu maʼruzalar yuzasidan ham muzokaralar oʻtkazilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Shuningdek, oʻquv-amaliy seminar davomida masʼullar tomonidan qilingan maʼruzalarda norma ijodkorligi, hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hamda qonun hujjatlarini targʻib etishda yuridik xizmatlarning ustuvor vazifalari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda tahlillar, muammolar va ularning yechimlari xususida maʼlumotlar berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida norma ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha tashkil etilgan tizim toʻgʻrisida ham maʼruzalar qilinib, tinglovchilarga prezident Farmon va Qarorlari, davlat hujjatlari ijrosini amalga oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar, batafsil tushunchalar berildi.

Seminarda Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi 4804-sonli Qarori ijrosining “viloyat – tuman – mahalla” tizimi asosida tashkil etilishi boʻyicha maʼruza qildi.

Undan tashqari, oʻquv-amaliy seminar davomida Xoʻjayli va Shumanay tumanlari hokimligi studiyasidan ham maʼruzalar tinglandi. Xoʻjayli tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Xalilla Xolmurodov tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosini taʼminlashda ijro nazoratini tizimli yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, Shoʻmanoy tumani hokimligi devonxonasi mudiri Amonboy Qargʻabayev esa tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdilar.

Muzokara va ochiq muloqot tarzida oʻtgan oʻquv-amaliy seminar ishtirokchilari kun tartibadi muhokama qilingan masalalar yuzasidan keng tushunchalarga, batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026