26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 01:51
Maqolalar 👁 280

Oʻgay ona

Oʻgay ona

(Hayotiy voqea asosida)

Saida universitetni va magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatdi. Maktabda ishlay boshladi. Onasi:

– Tengqur dugonalaring turmushga chiqib, oʻzlaridan tinib-tinchib ketishdi, sen yuraverasanmi ishla-ab, – deya ilmoqli gapirar, orzu-havaslaridan soʻz ochib, holi-joniga qoʻymasdi.

Nimayam derdi, onasi haq, qachongacha qizining orzusi deb bahonalariga quloq tutadi?

Xorazmlik kursdoshi Yoqubjon undan javob kutayotganiga ancha boʻldi. Yaxshi yigit, ichmaydi, chekmaydi, mehribon. Qolaversa, oʻrtalarida samimiy, doʻstona munosabat ham bor.

Ona  baribir ona-da. Saidaning gaplarini eshitib, oʻylanib qoldi. Axir ota-onasi kim, qanday odamlar? Tanimagan-bilmagan yurt – Bogʻot qayerda-yu Amudaryo qayerda? Soʻrab-surishtirishdi, baʼmani odamlar ekanligiga ishonch hosil qilishgach, toʻyga rozilik berishdi.

Hash-pash deguncha oradan yillar oʻtib ketdi. Oʻzaro ahil-inoq bu oilaga qanchalik el boʻlmasin, Saidaning koʻngli kemtik edi. Oʻn ikki yilki, u kun-u tun Allohga iltijo qiladi:

– Xudoyim, meni farzand quvonchidan benasib qilma!

U iltijo qilishdan toʻxtamadi, vaqt esa oqar suvdek oqib oʻtishdan... Nihoyat...

U ming bir azob bilan sevimli oilasini tark etib, ota uyiga qaytdi.

Qishloqdagi maktabda ishlay boshladi.  Oradan yillar oʻtdi. Shunday kunlarning birida uni Yoqubjon izlab keldi. Soch-soqoli oʻsgan, ust-boshi bir ahvolda.

– Saida, Saida, – deydi nuqul, boshqa gapga tili aylanmaydi.

– Yaxshi yuribsizmi? – dedi bazoʻr Saida. Aslida “Nega keldingiz?” demoqchi edi-yu, ayta olmadi.

– Saida, bolalarim yetim boʻlib...

Yoqubjon gapining davomini aytaolmadi, hoʻngrab yigʻlab yubordi. Shundagina Saida Yoqubjonning holatini tushundi. Oldida boshini egib, koʻz yoshlarini tiyolmay oʻtirgan Yoqubjonga nima deyishni, koʻnglini qanday koʻtarishni bilmay, koʻzlarini yerga tikkancha mahzun bir alfozda oʻtirar, uning yuzida achinishmi, mehrmi zohir edi.

Yoqubjonning ayoli egizak farzandlarini dunyoga keltirish chogʻida vafot etganini bilgan Saida uzoq oʻyladi. Axir murgʻak goʻdaklar boʻlsa, erkak boshi bilan ota uch nafar bolani qanday katta qilsin? Onasi nima der ekan-a? Boshi qotdi  Saidaning. Unga ogʻiz solgan erkaklardan haliyam boʻlsa, oʻzining birinchi turmush oʻrtogʻi afzal emasmi?

– Bolalari juda yosh qolibdi-ya, astagʻfurulloh. Kattasi endi 4 yoshda, kichik oʻgʻilchalari beshikda ekan, bolam, egizaklarni boqib, katta qilish oson emas, tagʻin oʻzing bilasan, – dedi onasi Saidaning koʻngliga qarab.

Saida esa bir qarorga kelib boʻlgandi. Ostonasiga bosh urib kelgan 85 yoshli qaynotasi:

– Jonim bolam, Saidajon, taqdirimizda borini birga baham koʻrishni Alloh buyurdimikan, sening qadamingga poyandoz boʻlayin, bolam! – deya yigʻladi...

Mana, Saidaning yana Bogʻot tumaniga qaytib, Yoqubjon bilan birga yashayotganiga ham 20-yil boʻldi bir pasda. Katta qizi Noilaxon tibbiyot institutini bitirdi. U ham, Hasan-Husanlar ham biri-biridan mehribon. “Opa-opa” deb jonlarini berguday. Baʼzan qoʻshnisi Nuquljonning shangʻillagan ovozi eshitilib qoladi:

– Hah, xarob boʻlgurlar, biring u yoqqa tortasan, biring bu yoqqa, – oʻshqiradi bolalariga. – Anov Saida oʻgaychalik qadrim yoʻq mening!

Saida ichidan zil ketadi, Yo tavba, bu nima degani? Roʻzgʻoring boshqa, yetti yot begona boʻlsang, mening qadrim bilan nima ishing bor-a, Nuquljon, oʻylaydi koʻngli buzilib. Bolalarim eshitsa nima boʻladi-a?

Bir kuni qizi Noilaxon koʻchadan bir ahvolda kirib keldi-yu Saidaga:

– Opa, Nuquljon biyining gaplarini eshitib, yana koʻnglingizga ogʻir olib oʻtirmang, oʻzi ogʻzi shaloqroq, gapiraveradi, – dedi negadir yigʻimsirab.

– Nima, senga yomon gap aytdimi, bolam? – qizini bagʻriga bosdi Saida.

– Saida sening oʻgay onang, oʻgay ona baribir oʻgayligini qiladi, qarab tur, seni oʻz yoʻrigʻiga solib oladi, dedi. Men Nuquljon biyi bilan aytishib qoldim, – yigʻlab yubordi Noila.

– Mening sizlardan boshqa quvonchim yoʻq, qizim. Ogʻzi boʻshlar gapiraveradi-da, xafa boʻlma, – yupatdi u qizini.

Saidaning gap quvalaydigan odati yoʻq edi. Nuquljon bilan aytishib oʻtirishni oʻziga ep koʻrmadi. Xudoga soldi. Oradan vaqt oʻtib, Noilani uzatdi, oʻgʻillarini uylantirdi. Hasanboy harbiy sohani, Husanboy oʻqituvchilikni tanladi. Qoʻshaloq kelinlar tushirib, nevaralar suydi. Nuquljon esa...

Uning uch qiz, ikki oʻgʻli bor. Qizlaridan birining turmushi oʻxshamay, ajrashdi. Bitta oʻgʻli bilan boshqa erkakka turmushga chiqdi. Eri oʻgʻliga oʻgay ota, oʻzi esa uch qizga oʻgay ona boʻldi. Nuquljon qizi har gal uyiga kelganida maslahat qiladi:

– Bolalarni oʻz bolangdan ayirma, oʻgaylikning yukini mehr-muhabbating bilan koʻtarasan, Saida opangni koʻrdingmi, men tuqqan bolalarimdan koʻrmagan baxtni oʻgay bolalaridan koʻrib, mehrga choʻmib yashayapti-ya...

Saida uning bu gaplarini eshitsa ham eshitmaganga oladi. Faqat ich-ichidan:

– Mening bolalarimni oʻgay deganlarning oʻzlari oʻgay, – deb qoʻyadi koʻngli ogʻrinib. Oʻzing tugʻib, mehr koʻrmagan oʻzing oʻgaysan, degisi keladi-yu, demaydi.

Faqat biladiki, uning oilasidan ham, bolalaridan ham, shirin-shakar nevaralaridan ham koʻngli toʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026