DEPUTAT SOVRINI UÇUN KÖRIK-TANLOV ÖTKAZILDI
Ölkamizga fasllar kelinçagi bahor taşrif buyurdi. Qalblarga özgaça jöşqinlik, bahoriy kötarinkilik kirib keldi. Bahorni soğingan dillar ona zaminimiz uzra yuz berayotgan yangilanişlardan quvonib, yangiliklar sari intilmoqda.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman Madaniyat bölimida ham qator bayram tadbirlari ötkazişga hozirlik körilayotir.
Şu yilning 1-marti – köklamning ilk kunida bölimda taşkil etilgan deputat sovrini uçun ayol-qiz ijroçilarning tuman körik-tanlovi ham şularning biridir.
Tanlov “Boyovul” saylov okrugidan tuman Kengaşiga deputat Oybek Begimov homiyligida tuman Madaniyat bölimi tasarrufidagi hududiy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda ötkazildi.
Tadbir maqsadi mukarrama va uluğ zot – ayolni qadrlaşdek azaliy qadriyatlarimizni tarğib etiş, tumanimiz ayol-qizlarining böş vaqtlarini mazmunli va maqsadli ötkazişlariga hissa qöşiş, tumanimiz ajodkor ayol-qizlarining öz qobiliyatlarini namoyon etişlariga şaroit yaratiş va ularni qöllab-quvvatlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Uşbu tanlovda tuman Madaniyat bölimiga qaraşli madaniyat markazlari tavsiyasiga köra 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan ayol-qizlar xalq qöşiqlari, lapar, yalla, alla, estrada yönalişidagi hamda milliy zamonaviy yönalişdagi qöşiqlar hamda raqslar ijro etiş böyiça özaro bellaşdilar. Avvalo körik-tanlov şartiga köra iştirokçilar hakamlar hayʼatiga özlari tanlovga tayyorlab kelgan dasturi haqida yozma maʼlumot berdilar.
“Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi” salomatligini mustahkamlaş yili davlat dasturida belgilab berilgan uluğvor vazifalarning ijrosini taʼminlaşga qaratilgan tanlovda tumanimizda istiqomat qilayotgan sanʼatga qiziquvçi 70 nafar havaskor aşulaçi va raqqosa qizlar iştirok etib, öz iqtidorlarini namoyiş etdilar.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomoşalar zalida deputat sovrini uçun bölib ötgan tanlovda tumanimizning eng çekka hududlarida ham isteʼdodli va mahoratli, özbek milliy sanʼatining eng qadim turlari – lapar, yalla, alla, xalq qöşiqlarini ardoqlab, avaylab kelayotgan, öziga xos jozibali talqinda ijro eta oladigan aşulaçilar va mahoratli raqqosa ayol qizlar borligini körsatdi.
Qöşiq, raqslar yakka yoki guruh bölib ijro etildi.
Iştirokçilarning ijrolarini hakamlar hayʼati aʼzolari ijro qilingan asarning ğoyasi, badiiy saviyasi, kuy va ovozning uyğunligi, liboslari, sahnada özini tutiş madaniyati va ijro mahoratiga qarab, odilona baholab bordilar.
Deputat sovrini uçun ötkazilgan körik-tanlov ğoliblari deputat Oybek Begimovning sovğalari, tuman Madaniyat bölimi maʼmuriyatining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Şuningdek, munosib deb topilgan ijroçilar tumanimizda ötkaziladigan Navröz umumxalq bayram saylida öz qöşiq, raqslari bilan iştirok etişga tavsiya etildi.
Körik-tanlov 8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni oldidan ijodkor ayol-qizlarga yuksak mativatsiyalar berdi, öz ustlarida qunt bilan işlab, mahoratini yana ham oşirişga rağbatlantirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶