ZULFIYaXONIM TAVALLUDIGA BAĞIŞLAB ADABIY KEÇA VA OÇIQ DARS ÖTKAZILDI
Fasllar kelinçagi bölgan köklam ölkamizga har galgi taşrifida ulkan quvonç olib keladi. Şu kundan bahor bayramlari boşlanadi. Ayniqsa, özbek şeʼriyati malikasi – Zulfiyaxonim tavallud topgan kun yurtimizda tom maʼnoda, adabiyotimiz, şeʼriyatimiz ayyomiga aylanib ketadi.
Amudaryo tumanidagi 65-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham özbek şoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 106 yilligiga bağişlangan tadbirlar ötkazildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Anora Qozoqova tomonidan 6-sinflarda oçiq dars hamda “Bahor keldi seni söroqlab” nomli badiiy keça taşkil etildi. Tadbirda tuman Xalq taʼlimi bölimi uslubçisi Ötkir Matmurodov, maktab öqituvçi va öquvçilari, yoş ijodkorlar qatnaşdilar.
Maktabning 6-sinfida ötkazilgan oçiq dars davomida öquvçilarda şoira Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijodi haqida töliq maʼlumot beriş maqsadida körgazmali qurollar, plakatlar, şoira kitoblaridan foydalanildi. Fan öqituvçisi yangi pedagogik texnologiyalar asosida mavzuni öquvçilarga batafsil tuşuntirişga harakat qildi. Dars davomida öquvçilar sevimli şoiraning umr yöli, gözal şeʼriyati bilan tanişdilar.
Özbek xalqining sevimli şoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toşkentda hunarmand oilasida tuğilgan. Zulfiya şeʼriyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori çöqqisi bölmiş odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning şeʼrlarida tabiat oç ranglarda, yorqin böyoq va timsollarda gavdalanadi.
Öqituvçi dars davomida Zulfiyaning ijodiy kamolotida özbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq oğzaki ijodiyoti va jahon adabiyoti anʼanalarining roli benihoya bölganini alohida taʼkidladi. Şoira “Şeʼrlar” va “Qizlar qöşiği” kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, çöllarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorçi qizlarning qaynoq hayotlariga bağişlagani töğrisida gapirib, öquvçilarning qiziqişlarini yanada oşirdi. Şuningdek, uruş davrida şoiraning “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida” kabi töplamlari, töplamdagi şeʼrlar vatanga muhabbat, duşmanga nafrat va ğalabaga işonç ruhida yaratilganligi bilan xarakterli ekanligi xususida tölqinlanib sözladi.
Zulfiyaning “Mening Vatanim”, “Bizni kut” kabi umidbaxş şeʼrlari uruş davri özbek şeʼriyatining jangovar ruhini ifodalovçi asarlari qatoridan örin olib, haliga qadar öz ahamiyatini yöqotmaganligini aytib ötdi. Oçiq dars nihoyatda qiziqarli va mazmunli tarzda ötdi.
Şundan söng, maktabning 7-sinf öquvçilari iştirokida Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan badiiy keça ötkazildi. Keça davomida öquvçilar faol iştirok qilişib, sevimli şoiraning boy ijod namunalarini, gözal şeʼriy satrlarini ifodali öqib berdilar. Tadbirda bahor tarovatini, bayram şukuhini bağişlovçi kuy va qöşiqlar ham ijro etilib, barçaga xuş kayfiyat ulaşildi.
Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq ğururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyğular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bölgan işonçini mustahkamlaydi. Şu bilan birga öquvçilar qalbida ham vatanga bölgan mehr-muhabbatni yanada orttiradi.
Darhaqiqat, Zulfiyaxonim yetuk şoira, sadoqat va vafo timsoli sifatida butun özbek ayollari uçun namuna böla oladi. U nafaqat adabiyotimiz va şeʼriyatimizda, balki xalqimizning xotirasida abadiy yaşamoqda.
A.Qozoqova, 65-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶