«IJRO.GOV.UZ» ELEKTRON DASTURI TUMAN ADLIYa BÖLIMLARI EʼTIBORIDA BÖLADI
Yaqinda Prezidentimiz tomonidan “Qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etişda davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan Adliya vazirligiga qonunçilik hujjatlari va topşiriqlarning öz vaqtida, töliq va sifatli amalga oşirilişini taʼminlaş yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Şuningdek, Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy örganişlarni olib boriş va joylardagi holat monitoringini yuritiş, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va taşkilotlarining qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosini taʼminlaş borasidagi faoliyatini «Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda» rukni ostida keng yoritib borilişini taʼminlaş topşirildi.
Şu jumladan «Yuksaliş» umummilliy harakati va «Taraqqiyot strategiyasi» markazi iştirokida yoritiş va muhokama qiliş işlarini taşkil etiş va yanada jadallaştiriş, qonunçilik hujjatlari va topşiriqlarning amalda bajarilişiga tösqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlaş, ularni hal etiş böyiça tegişli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qöyiş va boşqa masalalar yuzasidan takliflar işlab çiqiş kabi köpgina vazifalar yuklandi.
Şuni ham taʼkidlaş lozimki, Farmon bilan «Ijro.gov.uz» tizimi orqali qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosini nazorat qilişning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi.
Bunda qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosini taʼminlaş yuzasidan «Ijro.gov.uz» tizimiga zarur maʼlumotlarni öz vaqtida kiritmaslik yoki notöğri maʼlumotlarni kiritiş, şuningdek, bu borada Adliya vazirligi körsatmalarini öz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik qonunçilikka muvofiq intizomiy, maʼmuriy va boşqa javobgarlik çoralarini qöllaş uçun asos bölişi alohida belgilab qöyildi.
2021-yil 1-maydan boşlab barça davlat organlari va taşkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qiliş, nazorat kartotekalarini yuritiş va hisobotlarni şakllantiriş faqat «Ijro.gov.uz» tizimida amalga oşiriladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶