ZAMONAVIY AKT DAVLAT FUQAROLIK XIZMATINI RIVOJLANTIRIŞDA MUHIM OMIL BÖLMOQDA
Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligining Davlat fuqarolik xizmatçilari vakant lavozimlarining yagona oçiq portali (vacancy. argos.uz) işga tuşirildi.
2020-yilda işga tuşirilgan mazkur portal davlat organlari va taşkilotlaridagi vakant lavozimlari uçun nomzodlar oçiq, mustaqil tanlaşni taşkil etiş böyiça elektron tizim bölib, internet tarmoğida “bir darça” tamoyili asosida faoliyat körsatadi.
Yagona oçiq portali axborot texnologiyalarini qöllagan holda, internet tarmoğida barça fuqarolar foydalanişi uçun oçiq va şaffof tarzda işlab çiqilgan. Fuqarolar mazkur portal orqali özlari istagan vakant lavozimlar uçun ariza topşirişlari hamda tegişli tanlovlarda iştirok etiş, davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinişlari mumkin.
Bugungi kunda nomzodlarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilişda ötkaziladigan bilim sinovi jarayonlariga ham axborot texnologiyalari joriy etilgan. Xususan, bu borada Davlat xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimida Davlat xizmatçilarini sinovdan ötkaziş moduli (test.argos.uz) işlab çiqilgan. Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinuvçilar uşbu tizim orqali sinovdan ötkazilib, ularning iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlari maxsus testlar asosida baholanadi. Bu jarayon inson omili aralaşuvisiz, şaffof tarzda amalga oşiriladi. Sinovlarda 55 foizdan yuqori natijaga erişgan nomzodlar tanlovning keyingi bosqiçiga, suhbat jarayonlariga taklif etiladi. Talabgor fuqarolar şu tarzda davlat organlari va taşkilotlaridagi vakant lavozimlarni egallaydilar.
Xulosa qilib aytganda, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarining keng joriy etilişi davlat fuqarolik xizmatiga munosib, bilimli va tajiribali kadrlarni tanlaşga zamin yaratmoqda.
N.ALLAMBERGENOV, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş
agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali yetakçi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶